Tursunova Sabina Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Xavfsiz turizmni ta’minlashning ma’muriy-huquqiy choralarini takomillashtirish”, 12.00.02 -“ Konstitusiyaviy huquq, Ma’muriy huquq, Moliya va Bojxona huquqi” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Yu529.
Ilmiy rahbar: Selimanova Svetlana Mixaylovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Turg‘unov Oybek Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor; Sharipov Sanjar Suxrobovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi xavfsiz turizmning ta’minlashni ma’muriy-huquqiy choralarini takomillashtirishga qaratilgan xulosa, tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida turistlar va ekskursantlarning xavfsizligini, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari va mol-mulki himoya qilinishini, turistlar va ekskursantlarning xavfsizligining kafolatlaridan biri sifatida turistlar va ekskursantlarning shaxsiy xavfsizligi, ularning mol-mulki but saqlanishi, atrof tabiiy muhitga, jamiyatning moddiy hamda ma’naviy qadriyatlariga, davlat xavfsizligiga zarar etkazilishining oldini olishni ta’minlash masalasini belgilash asoslab berilgan;
ichki ishlar organlari kuzatuv xizmatini turistlarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini turli tajovuzlardan himoya qilish hamda ularning transport vositalarida harakatlanishlari davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq vazifasini belgilash asoslab berilgan;
turizm namoyishi ob’ektida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish jarayonida tuziladigan dalolatnomada ob’ekt hududining chegarasi, ob’ektda jamoat tartibini saqlash faoliyatini tashkil etish uchun talab etiladigan xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari soni va xizmat xonalari, xizmat olib borish tartibi, hududi va patrullik yo‘nalishlarini belgilash zarurati asoslantirilgan.
xavfsiz turizmni ta’minlashga jalb etilgan xodimlarning xorijiy tillar, hududlarning tarixi hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, fuqarolar bilan muomalada yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish, inson huquq va erkinliklari hamda mulkini himoya qilish, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘nikma va mahoratlarini uzluksiz oshirib borish maqsadida xodimlarning maxsus kasbiy va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini joriy etish lozimligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xavfsiz turizmni ta’minlashning ma’muriy-huquqiy choralarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida turistlar va ekskursantlarning xavfsizligini, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari va mol-mulki himoya qilinishini ta’minlashni belgilashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyuldagi “Turizm to‘g‘risida”gi 549-son Qonunining 6-moddasi birinchi qismi o‘ninchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2023-yil 11-maydagi 04/1010-35-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi turistlar va ekskursantlarni sug‘urta qilish, ularga tibbiy, huquqiy hamda boshqa turdagi yordam ko‘rsatish va ulardan foydalanish tartibini ta’minlash bo‘yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
turistlar va ekskursantlarning xavfsizligining kafolatlaridan biri sifatida turistlar va ekskursantlarning shaxsiy xavfsizligi, ularning mol-mulki but saqlanishi, atrof tabiiy muhitga, jamiyatning moddiy hamda ma’naviy qadriyatlariga, davlat xavfsizligiga zarar etkazilishining oldini olishni ta’minlash masalasini belgilash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyuldagi “Turizm to‘g‘risida”gi 549-son Qonunining 35-moddasi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2023-yil 11-maydagi 04/1010-35-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi vakolatli davlat organi manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda turistlar hamda ekskursantlarning xavfsizligini ta’minlash va himoya qilinishini, jamiyat va davlat manfaatlarini, turizmdan shaxslarning qonunga xilof migratsiyasi, ularning mehnatini ekspluatatsiya qilish hamda ularni boshqacha tarzda ekspluatatsiya qilish maqsadida foydalanishga qarshi kurashishni ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqishda huquqiy asos sifatida xizmat qilgan;
ichki ishlar organlari kuzatuv xizmatini turistlarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini turli tajovuzlardan himoya qilish hamda ularning transport vositalarida harakatlanishlari davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq vazifasini belgilashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 669-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish bo‘yicha pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-maydagi 12-15-10-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi kuzatuv xizmati tomonidan pullik xizmat ko‘rsatish tartibini, turistlar transport vositalarida harakatlanishlari davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
xavfsiz turizmni ta’minlashga jalb etilgan xodimlarning xorijiy tillar, hududlarning tarixi hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, fuqarolar bilan muomalada yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish, inson huquq va erkinliklari hamda mulkini himoya qilish, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘nikma va mahoratlarini uzluksiz oshirib borish maqsadida xodimlarning maxsus kasbiy va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yil 7-dekabrdagi “Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 535-son buyrug‘iga 1-ilova bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 4-bobi 16-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 8-maydagi 18/7753-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi boshqarma xodimlarining xorijiy tillar, hududlarning tarixi hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, fuqarolar bilan muomalada yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish, inson huquq va erkinliklari hamda mulkini himoya qilish, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘nikma va mahoratlarini uzluksiz oshirib borish maqsadida xodimlarning maxsus kasbiy va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish