Usmanov Ikromjon Tojibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy polipropilen va to‘ldiruvchilar asosida avtomobil sanoati uchun kompozisiyalar yaratish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3446.
Ilmiy rahbarlar: Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor; Ayxodjaev Bobir Botirovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Abed Nodira Soibjonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtomobilsozlik sanoati uchun mahalliy polipropilen va to‘ldiruvchilar asosida polimer kompozisiyalar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polipropilen/tal`k, polipropilen/elastomer va polipropilen/ tal`k/elastomer tarkiblar asosida samarali ekspluatatsion xossali kompozision reseputalar ishlab chiqilgan;
optimal reseptura evaziga olingan polipropilen kompozisiyalarning import analoglariga nisbatan zarbiy egilishga bo‘lgan mustaxkamligi 57 MPa va qovushqoqligi 5,7 kDj/m2 ga yuqoriligi isbotlangan;
maxalliy talk asosida GMW 15548T6B, GMW 15549T1U, GMW16826, GMW 16827, GMW 15739 texnik talablarga mos avtomobil qismlarining plastik detallariga kompozisiyalar ishlab chiqilgan;
modifikatorlar konsentratsiyasini oshirish orqali avtomobil sanoatida ishlatiladigan polimer kompozisiyalari uchun zarur bo‘lgan fizik-mexanik xususiyatlarga ega kompozisiyalarni olish mumkinligi isbotlangan;
mahalliy polipropilen va to‘ldiruvchilar asosida polimer kompozisiyalar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xossalari avvaldan belgilangan mahalliy xomayoshlar asosida polipropilen kompozisiyalari olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Polimer kompaundlari, blendlar va superkonsentratlar» uchun texnik shart «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts23425152-003:2019). Natijada, CW452B-UZ, CV452U-UZ va CT473E-UZ polimer kompozisiyalar ishlab chiqarish imkonini bergan;
ikki va uch komponentli maxsus xususiyatlarga ega polimer kompozisiyalar ishlab chiqarish texnologiyasi “UzAuto Cepla” MChJ QKda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zavtosanoat” AJning 2022 yil 23 maydagi 12/06-25-0806-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, CW452B-UZ, CV452U-UZ va CT473E-UZ markali polimer kompozisiyalari ishlab chiqarish va import qilinuvchi mahsulotlarni maxalliylashtirish imkonini bergan;
avtomobil detallari ishlab chiqarish texnologiyasi “UzDong Yang Co” va “UzKoram” MChJda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zavtosanoat” AJning 2022 yil 23 maydagi 12/06-25-0806-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, DUCT-WS Defroster Nozzile, RR Door Trim ASM LH/RH, FASCIA-RR BPR LWR, FASCIA-FRT BPR UPR, HOUSING avtomobil detallari ishlab chiqarish imkonini bergan.