Ibroimov Sherzod Ibroim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Amudaryo hozirgi deltasining daraxtsimon va paragenetik landshaft komplekslari», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Gr247.
Ilmiy rahbar: Urazbaev Abdukarim Kendirbaevich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Yarashev Quvondiq Safarovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Allanazarov Keunimjay Jannazarovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik deltalarning daraxtsimon va kollektor havzalarining paragenetik landshaft komplekslarining strukturasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik deltalar invariant daraxtsimon strukturasini saqlagan holda tabiiy geografik jarayonlar obektlarning ichki strukturasi bilan aloqadorligi sababli ularning bir-biridan farq qilishi isbotlangan;
kollektor havzalarining elementar landshaft guruhlari bir tomondan paragenetik landshaft komplekslarini hosil qilishi, ikkinchi tomondan esa yaxlit geokimyoviy landshaftni hosil qilishi ochib berilgan;
Kollektor tashlama (KT)-1ning elementar landshaftlar guruhi kartasi hamda Oqboshli va Qipchoqdaryo kichik deltalarining 1:100000 masshtabdagi landshaft-tipologik kartasi yaratilgan;
sug‘oriladigan hududlarning er-suv resurslaridan oqilona foydalanishda havzaviy konsepsiyaning metodologiyasi asosida tabiat komponentlarining kollektor havzasida geokimyoviy landshaftning elementlari bilan aloqadorligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amudaryo hozirgi deltasining daraxtsimon va paragenetik landshaft komplekslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik deltalar invariant daraxtsimon strukturasini saqlagan holda hududlarning ichki strukturasi bilan aloqadorlikda bo‘lgan ekotizimlarning hozirgi holatini saqlab qolish bo‘yicha berilgan ilmiy va amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2023 yil 19 iyundagi 01/18-1-1623-son ma’lumotnomasi). Natijada, atrof-muhitni muhofaza qilishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, tabiat komponentlarining kichik deltalarda va kollektor havzalarida tizimli o‘zgarishini baholash asosida ishlab chiqilgan elementar landshaftlarning guruhlari kartasi ekotizimni hozirgi holatini saqlab qolish imkonini bergan;
kollektor havzalari elementar landshaft guruhlarining paragenetik landshaft komplekslari hamda yaxlit geokimyoviy landshaftlarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar tahlillaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2023 yil 19 iyundagi 01/18-1-1623-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida ob’ektdagi er-suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish imkonini bergan;
Amudaryo o‘zanbo‘yi balandliklaridagi ekotizimlarni muhofaza qilishda yirik masshtabli (1:25000) rel’ef plastikasi kartalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2023 yil 19 iyundagi 01/18-1-1623-son ma’lumotnomasi). Natijada, keljakda to‘qayzorlarni saqlab qolish imkoniyati yaratilgan;
tabiiy geografiya kurslarida relefining rivojlanish tarixida havzaviy konsepsiyaning mohiyati hamda havzaviy usulning oldingi va hozirgi davrdagi ahamiyatini ochib berishda “Markaziy Osiyo iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 21 iyundagi 02/01-01-99-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika yo‘nalishlari geografik mavzularni o‘tishda, mavzular mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan.