Shodiev Asliddin Faxriddin o‘g‘lining 
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti (seleksiya yutug‘i) asosida 
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ikkilamchi poliuretan chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini yaratish va amaliyotga tadbiq etish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2614.
Ilmiy rahbar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, PhD.17/30.07.2022.K/T.06.03.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: “Poliuretan chiqindisini qayta ishlash usuli” (№IAP 06895).
II. Tadqiqotning maqsadi poliuretan chiqindilarini qayta ishlash, edirilishga chidamli materiallar olish texnologiyasini yaratish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
poliuretan chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasi va qurilmasi yaratilgan;
poliuretan chiqindilari va 4,4-metilendifenil diizotsianat bilan birgalikda qayta ishlangan poliuretan materiallari olingan;
qayta ishlangan poliuretan materialining edirilishga bardoshlilik ko‘rsatkichini dastlabki komponentlarning miqdori va tabiatiga bog‘liqligi aniqlangan;
qayta ishlangan poliuretanning deformatsion kuchlanishi, uzilishdagi mustahkamligi, elastiklik modulini o‘zgarishi, cho‘zilishidagi qarshilik kuchi kabi xossalariga poliefirpoliol ta’sirini optimal miqdori aniqlangan;
poliuretan chiqindilari va qayta ishalangan poliuretan materiallarining fizik-kimyoviy va mexanik xossalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Poliuretan chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini yaratish va amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Poliuretan chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasi» uchun texnik shart «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ tomonidan tasdiqlangan (TS 64-15086836-03:2023). Natijada, import o‘rninini bosuvchi poliuretan chiqindilari asosida poliuretan materialini olish imkonini bergan;
poliuretan materiallarini qayta ishlash texnologiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 13 fevraldagi 10-son ma’lumotnomasi). Natijada, poliuretan chiqindilari va 4,4-metilendifenil diizotsianat asosida qayta ishlash texnologiyasining yo‘lga qo‘yilishi korxonada yiliga 50 tonna miqdordagi poliuretan chiqindilarini qayta ishlash imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish