Boymanov Islom Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Havo kemalari oqimini mavsumiy o‘sishi sharoitida aerodromning uchish-qo‘nish yo‘lagini o‘tkazuvchanlik samaradorligini oshirish, 05.08.04 – Navigatsiya va havo yo‘llari harakatini boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3371.
Ilmiy rahbar: Saydumarov Ilhomjan Miralimovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik (PhD) Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Avazov Yusuf Shodievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Abdujabarov Nuriddin Anvarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi havo kemalari oqimini mavsumiy o‘sishi sharoitida, aerodromning uchish-qo‘nish yo‘lagini o‘tkazuvchanlik samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uchish-qo‘nish yo‘lagining samaradorligini oshirish maqsadida tezkor harakat yo‘laklarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish usuli havo kemalari oqimini mavsumiy o‘sishi sharoitini hisobga olgan holda yaratilgan;
mavsumiy tirbandlikni e’tiborga olgan holda havo kemalarining harakatini uzlyuksizligini ta’minlash shartlari asosida aerodromning uchish-qo‘nish yo‘lagini uzlyuksiz ishlashini ta’minlash usuli yaratilgan;
havo kemalarining uchish-qo‘nish yo‘lagida ushlanib qolish vaqtini qisqartirish uchun uchish-qo‘nish yo‘lagining o‘tkazuvchanlik samaradorligini oshirishning matematik modeli parvozlarni amalga oshirish ketma-ketligini hisobga olib ishlab chiqilgan;
aerodrom uchish-qo‘nish yo‘laginining o‘tkazuvchanlik samaradorligini oshirishning tuzilmaviy-funksional modeli ICAO standartlari va tavsiya qiladigan amaliyotini inobatga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Havo kemalari oqimini mavsumiy o‘sishi sharoitida aerodromning uchish-qo‘nish yo‘lagini o‘tkazuvchanlik samaradorligini oshirish boyicha olingan ilmiy natijalar asosida aerodrom uchish-qo‘nish yo‘lagining o‘tkazuvchanlik samaradorligini oshirish uchun tezkor harakat yo‘laklarining o‘tkazuvchanlik samaradorligini oshirish usuli, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “O‘zaviatsiya” agentligining aerodromlarni sertifikatlash va aerodromlar atrofida obektlarni joylashtirish uchun ruxsatnomalar berish bo‘limi tomonidan Toshkent va Navoiy xalqaro aeroportlari uchish-qo‘nish yo‘laklarining o‘tkazuvchanlik samaradorligini oshirish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 4/5031-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari bo‘yicha “Toshkent” xalqaro aeroporti aerodromining uchish-qo‘nish yo‘lagini o‘tkazuvchanlik samaradorligi, aralash uchish-qo‘nishlar amalga oshirilganda o‘rtacha 5 % ga, bir soatda ketma-ket qo‘nishlar amalga oshirilganda o‘rtacha
28 % ga hamda «Navoiy» xalqaro aeroporti aerodromining uchish-qo‘nish yo‘lagini o‘tkazuvchanlik samaradorligi, aralash uchish-qo‘nishlar amalga oshirilganda o‘rtacha 5 % ga, bir soatda ketma-ket qo‘nishlar amalga oshirilganda o‘rtacha 40 % ga oshirishga erishilgan.