Abdullaeva Arofatxon Abduvahobovnaning
falsafa doktori  (PhD) disseretatsiyasi himoyasi  haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zamonaviy didaktik ta’minot vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish texnologiyasi (pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi misolida”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped2217.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Rasulov Baxtiyor Mahmudjonovich, tarix fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2020.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfuddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Temirov Nabijon Solievich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy didaktik ta’minot vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishning  mazmuni, mohiyati va tamoyillari ijtimoiy-gumanitar ta’lim tamoyillarini (konseptuallik, integrativlik, vaziyatlilik, muloqatchanlik, har xillik), tarixiy tafakkurni rivojlantirishning psixologik omillarini  hamda tarixiy tafakkur turlari (milliy-tarixiy, global, madaniy, diniy) va operatsiyalarini (analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiya, umumlashtirish, konkretlashtirish, klassifikatsiyalash, tizimlashtirish) kompravistik taqqoslash asosida ochib berilgan;
zamonaviy didaktik ta’minot vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishning mazmun va talablari, protsessual asoslari interfaol ta’lim platformalari, vertual darslik, tarixga doir interfaol o‘yinlar, videolavhalar, vertual ta’lim platformalarini adaptiv qo‘llash hamda kompetensiyaviy talablariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda zamonaviy didaktik ta’minot vositasida tarixiy tafakkurni rivojlantirishning metodik ta’minoti va didaktik shart-sharoitlari mutaxassislik fanlarini o‘qitishda tafakkurni rivojlantiruvchi metodlar („Graffiti“, „ABC mavzular“, „Ostin-ustun“, „Tasvirlar so‘zlaganda“, „Bugungi kunda men buni xohlamas edim“, „Advance Organizer“, „Tarixiy dalillar orqali pedagogik tafakkur“)ni funksional didaktika qoidalariga ko‘ra implemintatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish tuzilmaviy komponentlarni (mazmun va talablari, protsessual asoslari, metodik ta’minoti va didaktik shart-sharoitlari) mohiyati tarixiy tafakkurni rivojlantirish usullari (manba tahlili, tarixiy vaqtning muayyan aspektlariga fokuslash, muhokama va munozara, masala mohiyatini turli aspektlarda tahlil qilish, strategik tahlil qilish) hamda refleksiv usullarni ratsional dualizatsiya muhitiga reproduktivlikda joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy didaktik ta’minot vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish  texnologiyasi takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo'lajak  o'qituvchilarning  tarixiy  tafakkurini  rivojlantirishning  mazmun,  mohiyati  va tamoyillari  ijtimoiy-gumanitar  ta’lim  tamoyillarini  (konseptuallik,  integrativlik,  vaziyatlilik, muloqatchanlik,  har-xillik),  tarixiy  tafakkurni  rivojlantirishning  psixologik omillarini hamda  tarixiy tafakkur  turlari  (milliy-tarixiy, global, madaniy, diniy) va operatsiyalarini  (analiz,  sintez, taqqoslash, abstraksiya, umumlashtirish, konkretlashtirish,  klassifikatsiyalash  tizimlashtirish)  komparativistik taqqoslash asosida yoritib berishga  oid tavsiyalar „Pedagogika nazaryasi va tarixi (Tarixiy tafakkurni rivojlatirish)” nomli  o'quv  qo'llanma  mazrnuniga  singdirilgan  (Oliy  va  o‘rta maxsus  ta'lim  2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i  asosida  berilgan  106-238  raqamli  nashr  ruxsatnomasi). Natijada tarixiy tafakkurni rivojlantirishning mazmuni, mohiyati va tamoyillarini aniqlashtirish imkoni oshirilgan;
zamonaviy didaktik ta’minot vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishning mazmun va talablari, protsessual asoslari interfaol ta’lim platformalari, virtual darslik, tarixga doir interfaol o‘yinlar, videolavhalar, virtual ta’lim platformalarini adaptiv qo‘llash hamda kompetensiyaviy talablariga ustuvorlik berishga doir taklif va tavsiyalardan Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan PZ-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2023 yil 11-apreldagi 02-07-1289/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning tarixiy tafakkurini zamonaviy didaktik vositasida rivojlantirishning mazmun va talablari, protsessual asoslarini aniqlashtirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda zamonaviy didaktik ta’minot vositasida tarixiy tafakkurni rivojlantirishning metodik ta’minoti va didaktik shart-sharoitlari mutaxassislik fanlarini o‘qitishda tafakkurni rivojlantiruvchi metodlarini funksional didaktika qoidalariga ko‘ra implemintatsiya qilish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan PZ-20170930223-raqamli  “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2023 yil 11-apreldagi 02-07-1289/04-sonli dalolatnomasi). Natijada zamonaviy didaktik ta’minot vositasida tarixiy tafakkurni rivojlantirishning metodik ta’minoti va didaktik shart-sharoitlarini aniqlashtirish imkoni yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish tuzilmaviy komponentlarni mohiyati tarixiy tafakkurni rivojlantirish usullari hamda refleksiv usullarni ratsional dualizatsiya muhitiga reproduktivlikda joriy etish asosida takomillashtirishga doir ma’lumotlar  Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan PZ-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2023 yil 11-apreldagi 02-07-1289/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish texnologiyalarini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish