Abdulloev Yashnarjon Maxkamovich
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori sinf o‘quvchilarida jismoniy madaniyatni rivojlantirishda xalq o‘yinlaridan foydalanish texnologiyalari”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3834.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Usmonxodjaev Tala’t Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori sinf o‘quvchilarida jismoniy madaniyatni rivojlantirishda xalq o‘yinlaridan foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori sinf o‘quvchilarida jismoniy madaniyatni rivojlantirishda xalq o‘yinlaridan foydalanish texnologiyalari xususiyatlari va omillari qadriyatli, gnoseologik, faoliyatli-ijodiy va refleksiv-baholashga doir mezonlari  pedagogik refleksiyaga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarida jismoniy madaniyatni rivojlantirish jarayoni xalq o‘yinlaridan foydalanish texnologiyalarini gumanistik-qadriyatli, akmeologik, kreativlik, refleksivlik yondashuvlar ustuvorligini ta’minlashning kommunikativ – muloqot materiallarini mazmunli, metodologik, faoliyatli-texnologik va natijaviy-baholash kabi komponentlarning uzviy aloqadorligini inobatga olish asosida takomillashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarida jismoniy madaniyatni rivojlantirishda xalq o‘yinlaridan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanishning metodik-didaktik ta’minotini kirishimlik, qiziqish, tashkilotchilik, kommunativlik, loyihalashtirish kabi metodolgik texnologiyasini yaratish orqali o‘quvchilarda jismoniy madaniyat kompetentlikning rivojlanish darajalarini baholash mezonlari va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari imitatsion texnologiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarida jismoniy madaniyatni rivojlantirishda  xalq o‘yinlaridan foydalanish, xalq o‘yinlarni tashkil etishga doir interfaol metodlarini rivojlantirishning lokal-modulli texnologiyasi maqsadli-motivli, axborotli-mazmunli, faoliyatli hamda refleksiv-baholash kabi bosqichlarning o‘zaro ichki integratsiyasini fanlararo aloqadorlik mazmunidagi shakl, metod va vositalarini o‘ziga xos xususiyatlari va ularni  amaliyotga joriy etish mexanizmiga asoslangan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori sinf o‘quvchilarida jismoniy madaniyatni rivojlantirishda  xalq o‘yinlaridan foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
yuqori sinf o‘quvchilarida jismoniy madaniyatni rivojlantirishda xalq o‘yinlaridan foydalanish texnologiyalari xususiyatlari va omillari qadriyatli, gnoseologik, faoliyatli-ijodiy va refleksiv-baholashga doir mezonlari  pedagogik refleksiyaga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Termiz davlat universitetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq 2019-2022 -yillarda bajarilgan №OT-F1-002 “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respulikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023 yil 10 apreldagi 01/11-01/11-242-son ma’lumotnomasi). Natijada, darsdan tashqari to‘garaklarda psixologik-pedagogik xususiyatlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarida jismoniy madaniyatni rivojlantirish jarayoni xalq o‘yinlaridan foydalanish texnologiyalarini gumanistik-qadriyatli, akmeologik, kreativlik, refleksivlik yondashuvlar ustuvorligini ta’minlashning kommunikativ – muloqot materiallarini mazmunli, metodologik, faoliyatli-texnologik va natijaviy-baholash kabi komponentlarning uzviy aloqadorligini inobatga olish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan               T.N.Qori –Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy – tadqiqot institutining Qoraqalpoq filiali ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq 2018-2021 -yillarda bajarilgan A1–XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadiriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy–axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida  foydalanilgan (O‘zbekiston Respulikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023 yil 10 apreldagi 01/11-01/11-242-son ma’lumotnomasi).  Natijada, yuqori sinf o‘quvchilarida insoniy fazilatlarni noan’anaviy milliy harakatli o‘yinlar vositasida rivojlantirish, jismoniy tarbiya darslari mazmunini boyitishda ularni ta’lim-tarbiyaviy jarayonga tatbiq etish samaradorligini oshirishga erishlgan;
yuqori sinf o‘quvchilarida jismoniy madaniyatni rivojlantirishda xalq o‘yinlaridan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanishning metodik-didaktik ta’minotini kirishimlik, qiziqish, tashkilotchilik, kommunativlik, loyihalashtirish kabi metodolgik texnologiyasini yaratish orqali o‘quvchilarda jismoniy madaniyat kompetentlikning rivojlanish darajalarini baholash mezonlari va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari imitatsion texnologiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Termiz davlat universitetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq 2019-2022 -yillarda bajarilgan №OT-F1-002 “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respulikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 10-apreldagi 01/11-01/11-242-son ma’lumotnomasi). Natijada, darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazish sifati va samaradorligini oshirishga erishilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarida jismoniy madaniyatni rivojlantirishda  xalq o‘yinlaridan foydalanish, xalq o‘yinlarni tashkil etishga doir interfaol metodlarini rivojlantirishning lokal-modulli texnologiyasi maqsadli-motivli, axborotli-mazmunli, faoliyatli hamda refleksiv-baholash kabi bosqichlarning o‘zaro ichki integratsiyasini fanlararo aloqadorlik mazmunidagi shakl, metod va vositalarini o‘ziga xos xususiyatlari va ularni  amaliyotga joriy etish mexanizmiga asoslangan holda takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan T.N.Qori –Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy – tadqiqot institutining Qoraqalpoq filiali ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq 2018-2021 -yillarda bajarilgan A1–XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadiriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy–axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida  foydalanilgan (O‘zbekiston Respulikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023 yil 10 apreldagi 01/11-01/11-242-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiya darsida va darsdan tashqari mashg‘ulot-larda DS asosida qo‘yiladigan Davlat talablarining bajarilishida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish