Toshpulatov Isroyiljon Ismoilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Inson kapitali samaradorligining ijtimoiy-falsafiy jihatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal1001.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdumalikov Abdulatif Abidjonovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Isaqova Zamiraxon Ruxiddinova, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Dexkanov Narimon Burxonjonovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatda inson kapitali samaradorligining ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson kapitalini rivojlantirish jamiyatda barqaror iqtisodiyot va innovatsion rivojlanish tizimlarini universallashuvi ta’minlashi sababli ijtimoiy turmushda oila-muvaffaqiyat-farovonlik stimulini yuksaltirishi orqali zamonaviy jamiyatning detirminanti ekanligi aniqlangan;
shaxsda intellektual kapital komponentlarini (inson kapitali, tarkibiy kapital munosabatlar kapitali) statik rivojlantirish insondagi bilim, ijodkorlik va dunyoqarash aspektlarining uyg‘unligini ta’minlashi sababli jamiyatda inson-jamiyat-davlat tamoyilini ratsionallashuvini ta’minlovchi mezon ekanligi asoslangan;
intellektual kapitalni yuksaltirish, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarini ifodalovchi pragmatik siyosati jamiyatda yangi sinf, ijtimoiy qatlamlar o‘sib borishini ta’minlashi sababli sotsiumlararo ijtimoiy makonda ta’lim va samaradorlik o‘rtasidagi ichki regulyator ekanligi ochib berilgan;
xalq farovonligini ta’minlashda ijtimoiy kapital dinamikasini o‘sib borishi, jamiyatda mulkiy plyuralizm va xususiy mulkning paradigmal o‘zgarishlarini keltirib chiqarishi orqali insondagi bilim, ko‘nikma va qobiliyat uzviyligini ta’minlashi intellektual salohiyatga ko‘p qirrali ratsional omil ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inson kapitali samaradorligining ijtimoiy-falsafiy jihatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
inson kapitalini rivojlantirish, jamiyatda barqaror iqtisodiyot va innovatsion rivojlanish tizimlarini universallashuvi zamonaviy jamiyat voqeligiga moslashtirish uchun strategik resurs ekanligiga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining X yo‘nalishida belgilangan “Mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar, shonli sanalarni keng aholi orasida targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti 2022-yil 21-dekabrdagi 399-son dalolatnomasi). Natijada jamiyat ijtimoiy hayotida oila-muvaffaqiyat-farovonlik stimulini yuksaltirib shaxsda an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar uyg‘unligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
intellektual kapitalni yuksaltirish, davlatning real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini ifodalovchi pragmatik siyosati rivojlantirib borishga doir amaliy tavsiyalari va xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining X yo‘nalishida belgilangan “Mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar, shonli sanalarni keng aholi orasida targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti 2022-yil 21-dekabrdagi 399-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatda yangi sinf, ijtimoiy qatlamlar o‘sib borishini ta’minlashga sotsiumlararo ijtimoiy makonda ta’lim va samaradorlik o‘rtasidagi uyg‘unlikni rivojlantirishga xizmat qilgan;
shaxsda intellektual kapital komponent (inson  kapitali,  tarkibiy  kapital  va  munosabatlar  kapitali)larini rivojlantirish, etuk kadrlarni tarbiyalash, ularning qo‘llab-quvvatlashning ratsional omil ekanligiga hamda xalq farovonligini ta’minlashda ijtimoiy kapital dinamikasini o‘sib borishi jamiyatda yoshlarning intellektual qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash, o‘z iste’dodlarini namoyon etishi dinamikasini yuksaltirish, ularni tadbirkorlikka yanada kengroq jalb qilish orqali yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ravishda targ‘ibot ishlar natijasida kambag‘allikdan chiqish vositasi ekanligi oid xulosa va takliflaridan O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “Yosh kitobxon tanlovi” ko‘rsatuvining senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasining 2023-yil 4-maydagi 04-15/978-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatda mulkiy plyuralizm va xususiy mulkning paradigmal o‘zgarishlarini keltirib chiqarishi orqali insondagi bilim, ko‘nikma, ta’lim,  qobiliyat uzviyligini ta’minlashi intellektual salohiyatgi ko‘p qirrali ratsional omili ekanligini ochib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish