Mirsultanov Ilxomjon Mirzaxakimovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Yuqori navli paxta homashyosini quritish jarayonida quyosh kollektori qo‘llash orqali energiya tejamkor quritish-tashish qurilmasi konstruktsiyasini ishlab chiqish” 05.02.03-Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3674
Ilmiy rahbar: Safarov Nazirjon Muhammadjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Shariboev Nosirjon Yusufjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Yuldashev Kozimjon Komiljanovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: yuqori navli paxta xom ashyosini quritish uchun quyosh kollektori bilan jihozlangan quritish-tashish qurilmasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori navli paxta xomashyosini tabiiy xususiyatlarni saqlab qolish imkonini beruvchi, energiyatejamkor quyosh kollektori bilan jihozlangan quritish-tashish qurilmasini yangi konstruksiyasi yaratilgan;
yuqori navli paxta xomashyosini quritish uchun issiq havo etkazib beruvchi quyosh kollektori, issiqlik qabul qiluvchi po‘lat tunika bilan qoplangan korpusgan iborat quritish-tashish qurilmasini konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tavsiya etilgan yuqori navli paxta xomashyosini quritish-tashish texnologik jarayonida qo‘llanilgan quyosh kollektorining maqbul parametrlari hamda uni samarali ishlashi uchun foydali ish koeffitsientlarini aniqlashga imkon beruvchi matematik model ishlab chiqilgan;
tavsiya etilayotgan qurilmada issiq havo bilan paxta xomashyosini aerodinamik va issiqlik almashinuv jarayonlarini maqbul parametrlari regression matematik model orqali aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori navli paxta xomashyosini quyosh kollektori bilan jihozlangan quritish-tashish qurilmasini qo‘llash natijalari asosida:
quyosh kollektori bilan jihozlangan energiyatejamkor quritish qurilmasi Namangan viloyati “Pop paxta tozalash” AJ da ishlab chiqarishga joriy etilgan. (22.09.2022 yildagi “Joriy etish dalolatnmasi” ga asosan “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi tomonidan 27.12.2022 yildagi №02/22-929 raqam bilan ro‘yxatga olingan mahlumotnomasi olingan). Natijada quritish agentining havoqizdirgich ichida qizishi dan gacha quritish agentining nisbiy namligini 0,25 dan 0,036. gacha kamaytirishga olib kelgan, tolalarning tabiiy sifat ko‘rsatkichlari 100% saqlanib qolingan.