Narzullaeva Mexriniso Batirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nizo jarayonida menejerning konstruktiv o‘zaro aloqadorligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya (psixologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Psi73.

Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Psi.01.07.

Rasmiy opponentlar: Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent;  Kudratillaeva Ruxsora Baxtiyarovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: nizoli vaziyatlarda menejerlarni konstruktiv o‘zaro ta’sirga tayyorlashning samarali ijtimoiy-psixologik dasturini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

nizoning zamonaviy tushunchasi va uni o‘rganish bo‘yicha yondashuvlar ochib berilgan;

boshqaruv faoliyatida nizoli vaziyatlarning konstruktiv o‘zaro ta’siri mohiyati aniqlangan;

nizoli vaziyatlarda menejerlarning konstruktiv o‘zaro ta’sirini oldindan belgilab beruvchi statistik ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy-psixologik omillar empirik yo‘llar bilan aniqlangan;

nizoli vaziyatlarda menejer konstruktiv o‘zaro ta’sirining gender jihatlari aniqlangan;

nizoli vaziyatlarda menejerlarni konstruktiv o‘zaro ta’sirga tayyorlashning psixik trening dasturi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Nizoli vaziyatlarda konstruktiv o‘zaro ta’sirga menejerlarni tayyorlashning ijtimoiy-psixologik dasturini samarali ishlab chiqish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:

ishlab chiqilgan nizoli vaziyatlarda menejerning konstruktiv o‘zaro ta’sir darajasini baholash bo‘yicha takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologik ilmiy-amaliy markazida joriy  qilingan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2018 yil 1 maydagi 02-07-310/04-son ma’lumotnomasi). Natijada boshqaruv faoliyatining keyingi tadqiqotlarida yanada mukammal psixodiagnostik uslublar ishlab chiqishga xizmat qilgan;

ishlab chiqilgan nizoli vaziyatlarda menejerlarni konstruktiv o‘zaro ta’sirga bosqichma-bosqich tayyorlashning psixik trening dasturi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologik ilmiy-amaliy markazida joriy qilingan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2018 yil 1 maydagi 02-07-310/04-son ma’lumotnomasi). Natijada turli kategoriyadagi menejerlar boshqaruv faoliyati samaradorligini yanada oshirish imkonini bergan;

nizoli vaziyatlarda menejerlarning konstruktiv o‘zaro ta’sirini oldindan belgilab beruvchi statistik ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy-psixologik omillar bo‘yicha taklif va tavsiyalar oliy ta’lim tizimiga joriy qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 2 maydagi 89-03-1910-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar natijasida  talabalar menejerlar boshqaruv faoliyati bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish