Maxmudov Baxramjon Abdusalomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy harakatli o‘yinlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini estetik tarbiyalashning didaktik imkoniyatlari», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam. B2018.2.PhD/Ped527.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Asqarali Paygamovich, pedagogika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.58.01.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Qozoqbay Boybekovich, pedagogika fanlari doktori, proffessor; Shilmanov Perdebay Shilmanovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jismoniy tarbiya darslari jarayonida milliy harakatli o‘yinlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini estetik tarbiyalashning didaktik imkoniyatlarini oshirishning mazmuni va metodlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining jismoniy tarbiya fani bilan bog‘liq estetik ong va madaniyatini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi tayanch (ectetik zavq, estetik tasavvur, estetik ehtiyoj, estetik qiziqish, estetik faoliyat, estetik idrok) kompetensiyalar tizimi ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining estetik tarbiyalanganlik darajasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan milliy harakatli o‘yinlarni tanlab olishni hamda darsning mazmuni va metodiga mosligini ta’minlovchi didaktik talablarga ustuvor tarzda yondashish takomillashtirilgan;
milliy harakatli o‘yinlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini estetik tarbiyalash jarayonini ilmiy-pedagogik yondashuvlarga asoslangan holda zamonaviy didaktik vositalarni (an’anaviy, noan’anaviy, musobaqa, ko‘rgazmali, muammoli o‘qitish) qo‘llash mexanizmlari takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining estetik tarbiyasini milliy harakatli o‘yinlar vositasida shakllantirishga doir nazariy bilim hamda amaliy malakalar tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiyo‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy harakatli o‘yinlar asosida etetik tarbiyalash yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik hamda amaliy takliflar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya fani bilan bog‘liq estetik tarbiyalanganlik darajalarini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi tayanch kompetensiyalari Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 3 iyundagi 190-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan kompetensiyaviy yondashuv asosida qayta ishlangan Jismoniy tarbiya o‘quv fani dasturi mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 25 dekabrdagi 01-02-516-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy tarbiya darslarining o‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:kommunikativ, o‘zini o‘zi rivojlantirish, milliy va umummadaniy kompetensiyalar mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining estetik tarbiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan milliy harakatli o‘yinlarni tanlab olishni hamda darsning mazmuni va metodiga mosligini ta’minlovchi didaktik talablarga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 apreldagi 274-son buyrug‘i asosida yaratilgan “Harakatli o‘yinlar” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (№274-269 guvohnoma). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablari jismoniy tarbiya darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy harakatli o‘yinlar vositasida estetik tarbiyalash samaradorligining ortishiga erishilgan;
jismoniy tarbiya darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy harakatli o‘yinlar vositasida estetik tarbiyalashga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining tashkiliy-pedagogik xususiyatlarini takomillashtirishda Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 15 apreldagi 123qb/27qb-son qo‘shma buyrug‘i asosida jismoniy tarbiya fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘quv dasturini yaratishda foydalanilgan (Xalq ta’lim vazirligining 2017 yil 25 dekabrdagi 01-02-516-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy tarbiya darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy harakatli o‘yinlar vositasida estetik tarbiyalashda ta’lim jarayonining tashkiliy pedagogik xususiyatlarini nazariy jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan;
jismoniy tarbiya darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining estetik tarbiyasini milliy harakatli o‘yinlar vositasida shakllantirishga doir ishlab chiqilgan kompetensiyalar tizimiga oid takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim tizimi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 25 dekabrdagi 01-02-516-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy tarbiya darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi bilan bir qatorda ularning ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiyalashning nazariy va amaliy jihatlari ochib berilgan.