Sulaymonov Bahodir Abdualimovichning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Korxonalarida restruktrizatsiyalash jarayonlarini boshqarishni takomillashtirish »,
08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt335
Ilmiy rahbar: Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich iqtisodiyot fanlari doktori, akademik, Tursunov Bobur Ortiqmirzaevich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: V.G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalarda restrukturizatsiyalash jarayonlarini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
          uslubiy yondashuvga ko‘ra “restruktrizatsiya” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxonaning tashkiliy va iqtisodiy tuzilmasini transformatsiyalash, inqirozga qarshi moliyaviy sog‘lomlashtirish, biznes faoliyatini tashkiliy-huquqiy jihatdan qayta tashkil etish, korxona faoliyatini isloh qilish yoki uning kapital tuzilmasini restrukturizatsiyalash jarayonlarining majmui sifatida keng qamrovli va jarayon maqsadlariga bog‘liq ravishda takomillashtirilgan;
         korxona uzoq muddatli aktivlarini restrukturizatsiyalashni intensivligi darajalari bo‘yicha tasniflash orqali vaqt byudjetiga ta’sir ko‘rsatishning maqbul chegaralari asoslangan;
         davlat-xususiy sherikchilik negizida tarmoq korxonalarini restruk- turizatsiyalashda davlat ulushini 40 foizdan yuqori bo‘lmagan darajada hissali moliyalashtirish asosida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash taklifi asoslangan;
          sanoat korxonalarida restrukturizatsiyalash jarayonlarini boshqarishning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholash orqali 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
      Korxonalarda restrukturizatsiyalash jarayonlarini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotlar asosida:
       uslubiy yondashuvga ko‘ra korxonaning tashkiliy va iqtisodiy tuzilmasini transformatsiyalash, inqirozga qarshi moliyaviy sog‘lomlashtirish, biznes faoliyatini tashkiliy-huquqiy jihatdan qayta tashkil etish, korxona faoliyatini isloh qilish yoki uning kapital tuzilmasini restrukturizatsiyalash jarayonlarining majmui sifatida keng qamrovli va jarayon maqsadlariga bog‘liq ravishda takomillashtirilgan “restrukutrizatsiya” tushunchasining iqtisodiy mazmunidan oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan “Menejment 3 qism (Marketing menejmenti. 3 modul)” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 375-sonli buyrug‘i). Mazkur takomillashtirilgan tushunchaning o‘quv qo‘llanmaga kiritilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalari va bo‘lg‘usi mutaxassislarda korxonaning tashkiliy va iqtisodiy tuzilmasini transformatsiyalash, inqirozga qarshi moliyaviy sog‘lomlashtirish, biznes faoliyatini tashkiliy-huquqiy jihatdan qayta tashkil etish, korxona faoliyatini isloh qilish yoki uning kapital tuzilmasini restrukturizatsiyalash jarayonlari bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarning hosil bo‘lishiga imkon yaratilgan;
         korxona uzoq muddatli aktivlarini restrukturizatsiyalashni intensivligi darajalari bo‘yicha tasniflash orqali vaqt byudjetiga ta’sir ko‘rsatishning maqbul chegaralaridan foydalanish taklifi «UZAGROSERVIS» AJ ning amaliy faoliyatiga joriy etilgan («UZAGROSERVIS» AJning 2021 yilgi 25 dekabrdagi 158-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida «UZAGROSERVIS» AJ tizimni restrukturizatsiya qilishni iktqsodiy-moliyaviy jihat larini loyihalashtirishga safarbar etilgan mutaxassislarning taxminan 300 mln. so‘mga teng bo‘lgan 480 soat vaqtini tejash imkoni yaratilgan;
        davlat-xususiy sherikchilik negizida tarmoq korxonalarini restrukturizatsiya- lashda davlat ulushini 40 foizdan yuqori bo‘lmagan darajada hissali moliyalashtirish asosida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash taklifi «UZAGROSERVIS» AJ ning amaliy faoliyatiga joriy etilgan («UZAGROSERVIS» AJ ning 2022 yil 12 fevraldagi 54-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida tizim korxonalarini restrukturizatsiyalashni hissali moliyalashtirishda xususiy sherikchilikning yetakchiligini ta’minlash evaziga boshlang‘ich bosqichda 4 mlrd. so‘mlik nodavlat sektori investisiyalarini jalb qilish imkoni yaratilgan;
        sanoat korxonalarida restrukturizatsiyalash jarayonlarini boshqarishning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholash orqali 2030 yilgacha istiqbolli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan(«UZAGROSERVIS» AJ ning 2022 yil 12 fevraldagi 54-sonli ma’lumotnomasi).
          Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalarini restrukturizatsiyalash jarayonlarini boshqarishning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholash, prognoz qilish va ularning uzoq va kisqa muddatli bog‘liklikda amal qilish koeffisentini aniqlash uslubiyotini takomillashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish