Mukolyans Arsen Artyomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Detander-generator qurilmalar asosida energiya manbalarining energosamarador sxemalarini ishlab chiqish”, 05.05.01 – «Energetika tizimlari va majmualari» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T1824.
Ilmiy rahbar: Taslimov Abduraxim Dexkanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Ishnazarov Oybek Xayrullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Matchanov Erkin Kazakbaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Issiqlikelektrloyiha» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tashilayotgan gazning texnologik bosim farqlari va past potensial energiyasidan foydalanib, detander-generator va issiqlik nasos agregatlarini qo‘llash orqali ikkilamchi energiya manbalarining energiya samarador va tejamkor sxemalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
termodinamik tahlilning eksergetik usuli yordamida detander-generator agregatlari asosida taklif etilgan elektr energiyasini ishlab chiqarish sxemasining energiya samaradorligi eksergetik FIK bo‘yicha yuqoriligi isbotlangan.
uzatilayotgan tabiiy gaz bosimining farqidan foydalanish asosida detander-generator va issiqlik nasoslari agregatlari yordamida yoqilg‘isiz elektr energiyasini ishlab chiqarishning samarali va energiya tejovchi sxemasi ishlab chiqilgan;
tabiiy gaz tarkibining turliligini hisobga oluvchi gazni siqilish koeffisienti asosida detander-generator agregati ish rejimlarining matematik modeli takomillashtirilgan;
tabiiy gaz bosimining farqi, sarfi va haroratini hisobga olib elektr energiyasining ishlab chiqarishning maksimal miqdorini taʼminlash imkonini beruvchi yoqilg‘isiz elektr energiyasini ishlab chiqarish qurilmasi parametrlarini hisoblash usuli va algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Detander-generator qurilmalar asosida energiya manbalarining energosamarador sxemalarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
detander-generator va issiqlik nasoslari agregatlari asosida yoqilg‘isiz elektr energiyasini ishlab chiqarish qurilmalarining samaradorligini aniqlash usuli va hisoblash algoritmi «Hududgazta’minot» AJ da joriy etilgan(«Hududgazta’minot» AJning 2022 yil 16 avgustdagi 03-26-134-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gaz taqsimlash punktining tashqi elektr tarmog‘idan o‘z ehtiyojlari uchun elektr energiyasi iste’moli 70% ga kamaytirish imkonini bergan;
detander-generator va havoli issiqlik nasoslari qurilmalarining ishlab chiqilgan sxemasi «Navoi Beton Kompleks» avtomobil kompressor stansiyasining gaz taqsimlash punktida joriy etilgan. («Hududgazta’minot» AJning 2022 yil 16 avgustdagi 03-26-134-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yillik iqtisodiy samaradorlik 126 441 000 so‘mni tashkil etgan;
yoqilg‘isiz maksimal elektr energiya ishlab chiqarish imkonini beradigan qurilmalarning parametrlarini hisoblash usuli va algoritmi «Navoi Beton Kompleks» avtomobil kompressor stansiyasining gaz taqsimlash punktida joriy etilgan. («Hududgazta’minot» AJning 2022 yil 16 avgustdagi 03-26-134-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilgan usulda hisoblangan parametrlar asosidagi qurilma yordamida elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmini orttirish imkoniyati yaratilgan.