Raximjonov Bekmurodjon Baxtiyorjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ishlatilgan alyumooksid adsorbentlar asosida neft va gaz sanoati uchun adsorbentlar va katalizatorlar negizini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 - Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T1267.
Ilmiy rahbar: G‘ulomov Shuxratqodir Tashmatovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy hodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvahob, texnika fanlari doktori, professor; Saidov Ulug‘bek Xusanovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neftni qayta ishlash sanoatida ishlatilgan alyuminiy oksid adsorbentlarini chuqur qayta ishlash orqali psevdobemit turidagi alyuminiy gidrooksid olish, adsorbentlar va katalizatorlar uchun tashuvchilar ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori konsentratsiyali uglevodorod aralashmalari va xlor birikmalari tutgan ishlatilgan alyumooksid adsorbentlarni sul`fat-ammiak usulida psevdobemit modifikatsiyali alyuminiy gidroksidga chuqur qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
olingan alyuminiy gidroksidlarining texnologik tavsiflarini ishlatilgan alyumooksid adsorbentlardagi xemosorbsiyalangan moddalarning sifat va miqdoriy tarkibiga bog‘liqligi aniqlangan;
mos keluvchi psevdobemitni sintez qilish texnologiyasini tanlash orqali yangi adsorbentlarning zarur teksturaviy va adsorbsion xususiyatlarini tartibga solish imkoniyati ilmiy jihatdan asoslangan;
sanoat chiqindilarini qayta ishlash natijasida olingan psevdobemitlar asosida tayyorlangan bir qator katalizatorlarning gidro tozalash funksiyasidagi minimal farqlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Nafta riformingi qurilmasidan chiquvchi gazlarni tozalash jarayonida ishlatilgan alyumooksid adsorbentlari asosida azotni quritish jarayoni uchun adsorbent olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlatilgan alyumooksid asosida olingan adsorbenlardan foydalanib azotni quritish texnologiyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodida amaliyotga joriy etilgan («Buxoro NQIZ» MChJ ning 2023 yil 5 iyunidagi 26-62/2547-son ma’lumotnomasi). Natijada, azotni quritish uchun import qilinuvchi reagentni psevdobemit asosli unumdor va selektiv adsorbent bilan almashtirish imkonini bergan;
ishlatilgan alyumooksid adsorbentlari asosida azotni quritish jarayoni uchun adsorbent olish texnologiyasi Buxoro NQIZning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Buxoro NQIZ» MChJning 2023 yil 5 iyunidagi 26-62/2547-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft` va gazni qayta ishlash korxonalaridan ishlatilgan import o‘rnini bosuvchi adsorbentlarni almashtirish imkonini beradi.