Abduxaparova Dilrabo Mirzaxmat qizining 
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta’lim muassasalarini nobyudjet manbalar hisobiga moliyalashtirishni takomillashtirish yo‘llari (oliy ta’lim muassasalari misolida)», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2018. 
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sherov Alisher Bakbergenovich. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Po‘latov Dilshod Xaqberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarini byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga moliyalashtirishni takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
    to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun tijorat banklari ta’lim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratish hamda ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng ettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytarish muddatini belgilash taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘lari hajmini kengaytirish maqsadida xorijiy davlat fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida masofaviy ta’lim olish shaklida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish taklif etilgan;
o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun ajratiladigan mablag‘lar byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobvarag‘iga o‘tkazish va yil oxiriga qoldig‘ini ta’lim muassasasi ixtiyorida qoldirish taklif etilgan;
o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalari moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida magistraturaga qabul qilishda to‘lov kontrakt qiymatini tabaqalashtirilgan miqdorda belgilash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarini byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga moliyalashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun tijorat banklari ta’lim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratish hamda ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng ettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytarish muddatini belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5203-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 
2 martdagi 89-03-200-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlari hajmi oldingi davrga nisbatan qariyb 2 barobarga va oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt mablag‘larni tushumi hajmini oshishiga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘lari hajmini kengaytirish maqsadida xorijiy davlat fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida masofaviy ta’lim olish shaklida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2021 yil 24 dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-sonli qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 2 martdagi 89-03-200-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etish natijasida o‘qitishning masofaviy ta’lim shakli uchun jami 3 610 nafar kvota ajratilgan hamda to‘lov-kontrakt mablag‘larni tushumi hajmini oshirish imkoniyati yaratilgan;
o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun ajratiladigan mablag‘lar byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobvarag‘iga o‘tkazish va yil oxiriga qoldig‘ini ta’lim muassasasi ixtiyorida qoldirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 
24 dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-sonli qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 2 martdagi 89-03-200-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etish natijasida davlat oliy ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hajmini oshirish imkonini bergan.
o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalari moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida magistraturaga qabul qilishda to‘lov kontrakt qiymatini tabaqalashtirilgan miqdorda belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-sonli qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 
2 martdagi 89-03-200-son ma’lumotnomasi). Natijada magistraturaga qabul qilishda to‘lov kontrakt qiymatini tabaqalashtirilgan miqdorda belgilash tizimini joriy etish hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘lar hajmini oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish