Mamatqulov Mirzaolim Xaydaralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Individual yondashuv asosida nogironligi bor talabalarni jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmi”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam B2022.2PhD/Ped3383.
Ilmiy rahbar: Negmatova Aropat Muxtorovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Umarov Abdusamad Abdumalikovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi individual yondashuv asosida nogironligi bor talabalarni jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
individual yondashuv asosida nogironligi bor talabalarni jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan differensiyaviy adaptivlik tadrijiyligining korreksion maqsadlarga mosligi adaptiv muhiti bilan uyg‘un tarzda yaratish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan korreksion pedagogik modeli, jismoniy qobiliyat bilish analizatori faoliyatini intensiv kompensatsiyalash, ijobiy dinamikasining bosqichma-bosqich ta’siri aniqlashtirilgan;
individual yondashuv asosida nogironligi bor talabalarni jismoniy rivojlanganlik darajasi, barqaror psixologik holati hamda amaliy faoliyatni qo‘llab-quvvatlovchi muhitga moslashuvchanligini ta’minlashga ustivorlik berish orqali takomillashtirilgan;
individual yondashuv asosida nogironligi bor talabalarni jismoniy tayyorgarliklarini rivojlantirish jarayoni. jismoniy harakatlar belgilariga mos farqlash va fazoviy joylashuvi bo‘yicha mashqlar hamda turkum topshiriqlarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik vaziyatlarga mos talabiga etiborni kuchaytirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Individual yondashuv asosida nogironligi bor talabalarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga tayyorlashning rivojlantirish mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
individual yondashuv asosida nogironligi bor talabalarni jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan differensiyaviy adaptivlik tadrijiyligining korreksion maqsadlarga mosligi adaptiv muhiti bilan uyg‘un tarzda yaratish asosida takomillashtirishga doir takliflardan pedagogik yo‘nalishlar uchun Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 27-dekabrdagi 39-01-3832-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro inklyuziv ta’lim talablarini milliy o‘qitish tizimi talablari bilan o‘zaro uyg‘unligi ta’minlangan;
talabalarni jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan korreksion pedagogik modeli, jismoniy qobiliyat bilish analizatori faoliyatini intensiv kompensatsiyalash, ijobiy dinamikasini bosqichma-bosqich ta’sirini aniqlashtirishga, rivojlanganlik darajasi, barqaror psixologik holati hamda amaliy faoliyatni qo‘llab-quvvatlovchi muhitga moslashuvchanligini ta’minlashga ustivorlik berish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 5111900 – Defektologiya ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 15-dekabrdagi 89-03-2548-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv sharoitida ishlashga tayyorlashning mexanizmlari takomillashtirilgan;
individual yondashuv asosida nogironligi bor talabalarni jismoniy rivojlanganlik darajasi, barqaror psixologik holati hamda amaliy faoliyatni qo‘llab-quvvatlovchi muhitga moslashuvchanligini ta’minlashga ustivorlik berish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 5111900 – Defektologiya ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 15-dekabrdagi 89-03-2548-son ma’lumotnomasi). Natijada, Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv ta’lim jarayonida ishlashga tayyorlashning mexanizmlarini metodik ta’minoti yaratilgan.