Qurbonov Sirojiddin Qurbonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Mehnat bozorida ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirishning samarali yo‘llari», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt742.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Xolmo‘minov Shayzoq Rahmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Bahodir Hamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bakieva Iroda Akbarovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgarishlari davrida mehnat bozorida ishchi kuchi raqobatbardoshligini va aholini ish bilan bandligini oshirish bo‘yicha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat bozorida ishchi kuchi kasbiy harakatchanligi va raqobatbardoshligi va bandlikning zamonaviy turlarini ustuvor yaratishga ko‘ra ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashuvchi maqsadli kompleks dastur (dasturlar)ni ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi asoslanib, vazifalarni bosqichma-bosqich hal qilish, qo‘llab-quvvatlovchi choralar, raqobat muhiti va mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish kabilar yuzasidan kompleks amaliy chora-tadbirlar kompleksi taklif qilingan;
ishchi kuchi raqobatbardoshligiga ko‘ra mehnat bozorini barqaror rivojlantirishning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
kadrlarni istiqbollashtirishning strategik yo‘nalishlarini tasniflash hamda ularni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uzviyligi/uyg‘unligiga ko‘ra raqobatbardosh kadrlar tayyorlash modeli takomillashtirilgan;
hududiy darajada ishchi kuchi raqobatbardoshligini boshqarish, bandlikning yangi turlarini qo‘llab-quvvatlash, aholining kasbiy va hududiy harakatchanligini rivojlantirish, maqsadli kompleks dasturlarni shakllantirish va bilvosita davlat investisiyalarini jalb etish kabilarga ko‘ra ishchi kuchi raqobatbardoshlik darajasini oshirish taklifi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mehnat bozorida ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mehnat bozorida ishchi kuchi kasbiy harakatchanligi va raqobatbardoshligi va bandlikning zamonaviy turlarini ustuvor yaratishga ko‘ra ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashuvchi maqsadli kompleks dastur (dasturlar)ni ishlab chiqish hamda vazifalarni bosqichma-bosqich hal qilish, qo‘llab-quvvatlovchi choralar, raqobat muhiti va mehnat bozori infratuzil-masini rivojlantirish kabilar yuzasidan kompleks amaliy chora-tadbirlar kompleksi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan 2023 yilga mo‘ljallangan “Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 01/00-03/16-11906-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan foydalanish bandlikni rivojlantirish strategiyalari va kompleks dasturlarini hamda ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqishning ilmiy asoslanganlik darajasini oshirish imkonini bergan;
ishchi kuchi raqobatbardoshligiga ko‘ra mehnat bozorini barqaror rivojlantirishning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan respublika hududlarida ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 01/00-03/16-11906-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangiliklardan foydalanish istiqbol davrda milliy mehnat bozorini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi respublika xududlarida aholining ish bilan bandligini yamuayyan darajaga oshirishga qo‘shimcha imkniyatlar yaratishga xizmat qilgan.
kadrlarni istiqbollashtirishning strategik yo‘nalishlarini tasniflash hamda ularni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uzviyligi/uyg‘unligiga ko‘ra raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning takomil-lashtirilgan modelidan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi»da belgilangan 70-maqsad - «Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish» doirasidagi «Yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish»da keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 01/00-03/16-11906-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash strategik yo‘nalishlarini aniqlashtirish hamda ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishning ichki imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
hududiy darajada ishchi kuchi raqobatbardoshligini boshqarish, bandlikning yangi turlarini qo‘llab-quvvatlash, aholining kasbiy va hududiy harakatchanligini rivojlantirish, maqsadli kompleks dasturlarni shakl-lantirish va bilvosita davlat investisiyalarini jalb etish kabilarga ko‘ra ishchi kuchi raqobatbardoshlik darajasini oshirish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2022 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-459-son qaroriga muvofiq «2023-2025 yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 01/00-03/16-11906-son ma’lumotnomasi)). Mazkur taklifdan foydalanish hududmy-tarmoq va tashkiliy ichki imkoniyatlarni ishlab chiqarishga jalb qilish asosida mehnat bozorida raqobat muhitini rivojlantirish, ishchi kuchi sifatini oshirish, ishchi kuchi mobilligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.