Xayitova Firuza Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinflarda kreativ o‘qish madaniyatini shakllantirish texnologiyalari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3472.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Mamat Eshqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Sultonova O‘g‘iloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Joniqulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ o‘qish madaniyatini shakllantirish texnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinflarda kreativ o‘qish madaniyatini shakllantirish texnologiyalari o‘quvchilarining o‘qish madaniyatini shakllantirishga qiziqish motivatsiyasini oshirishga yo‘naltirilgan hissiy tasavvurlarni badiiy asarning mazmunini idrok etish orqali boyitish va bunyodkor-reproduktiv obrazli tafakkur yuritishga izchil tayyorlash hamda ta’limiy va rivojlantiruvchi maqsadlarga erishishda gender va yosh xususiyatlarini hisobga olish amaliyligini intensiv oshirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ o‘qish madaniyatini shakllantirish samaradorligi o‘quv jarayoni effektivligini tadrijiy rivojlantirish darajasini aniqlash, matnlarni o‘qish jarayonida hayotiy xulosalar chiqarishga yo‘naltirish hamda muayyan badiiy adabiyotlarga qiziqishning diagnostik parametrlarini yosh va individual xususiyatlarga va rivojlantiruvchi-tarbiyaviy ta’lim maqsadlariga mos adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ o‘qish va madaniyatini shakllantirish modeli kitob bilan muloqotga kirishish adaptatsion vaqtini tahliliy aniqlash, asar qahramonlariga shaxsiy baho berishishga erishish hamda milliy koloritni his etish va adabiyot namunalarining muayyan turiga bo‘lgan qiziqishlari barqarorligini muntazam ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining va kreativ o‘qish madaniyatini shakllantirish imkoniyatlari matn bilan tanishish jarayonida voqelikni aynan idrok etish, diskursiv-polemik vaziyatlarda mustaqil fikrini ifoda etish, asarlarni muhokama etishda zavqlanishga odatlantirish hamla badiiy asarlar mohiyatini anglash natijasida ijodiy-rag‘batlantiruvchi vaziyatlarni yaratishga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ o‘qish madaniyatini shakllantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
boshlang‘ich sinflarda kreativ o‘qish madaniyatini shakllantirish texnologiyalari o‘quvchilarning o‘qish madaniyatini shakllantirishga qiziqish motivatsiyasini oshirishga yo‘naltirilgan hissiy tasavvurlarni badiiy asarning mazmunini idrok etish orqali boyitish va bunyodkor-reproduktiv obrazli tafakkur yuritishga izchil tayyorlash hamda ta’limiy va rivojlantiruvchi maqsadlarga erishishda gender va yosh xususiyatlarini hisobga olish amaliyligini intensiv oshirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 11-avgustdagi 02-07-3008/04 son dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ o‘qish madaniyatini shakllantirish imkoniyatlarini aniqlashtirishga sharoit yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ o‘qish madaniyatini shakllantirish samaradorligi o‘quv jarayoni effektivligini tadrijiy rivojlantirish darajasini aniqlash, matnlarni o‘qish jarayonida hayotiy xulosalar chiqarishga yo‘naltirish hamda muayyan badiiy adabiyotlarga qiziqishning diagnostik parametrlarini yosh va individual xususiyatlarga va rivojlantiruvchi-tarbiyaviy ta’lim maqsadlariga mos adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid xulosalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 11-avgustdagi 02-07-3008/04-son dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ o‘qish madaniyatini shakllantirish modelini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ o‘qish va madaniyatini shakllantirish modeli kitob bilan muloqotga kirishish adaptatsion vaqtini tahliliy aniqlash, asar qahramonlariga shaxsiy baho berishishga erishish hamda milliy koloritni his etish va adabiyot namunalarining muayyan turiga bo‘lgan qiziqishlari barqarorligini muntazam ta’minlash asosida takomillashtirishga oid xulosalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 11-avgustdagi 02-07-3008/04-son dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ o‘qish madaniyatini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining va kreativ o‘qish madaniyatini shakllantirish imkoniyatlari matn bilan tanishish jarayonida voqelikni aynan idrok etish, diskursiv-polemik vaziyatlarda mustaqil fikrini ifoda etish, asarlarni muhokama etishda zavqlanishga odatlantirish hamla badiiy asarlar mohiyatini anglash natijasida ijodiy-rag‘batlantiruvchi vaziyatlarni yaratishga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 11-avgustdagi 02-07-3008/04-son dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ o‘qish madaniyatini shakllanganligini baholash mezonlari va daraja ko‘rsatkichlarini takomillashtirish samaradorligi oshgan.