Nigmatova Gulnora Nurxanbetovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining iqtisodiy kompetentligini shakillantirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1886.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Abdunazarova Nargiza Fatxullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.08.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mamatqulova Kimyoxon Abdujalilovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining iqtisodiy kompetentligini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining iqtisodiy kompetentligini shakllantirishning tashkiliy pedagogik shart-sharoitlari androgogik ta’lim dasturini amalga oshirishning modulli tizimiga ustuvorlik berish orqali iqtisodiy muammolarni mustaqil hal qilishda ta’lim metodlariga ko‘ra aralash oʻqitish usulini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarining iqtisodiy qobiliyatini aks ettiruvchi maxsus kompetensiyasini shakillantirish jarayoni shaxsning ajralmas sifati hamda rahbarning iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalarini qo‘llashda loyihalovchi, korreksiyalovchi, shakllantiruvchi va refleksiv bosqichlarini uzviyligini taminlash orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari iqtisodiy komretentligini shakllantirishning tashkiliy-didaktik modeli ta’lim ma’zmuni, malaka oshirish tizimi tamoyillari, ta’limning tashkiliy shakillari, ta’lim metodlari va ta’lim vositalariga ustivorlik berish asosida maqsadli, mazmunli va natijaviy bloklarning uzviyligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
maktabgasha ta’lim tashkiloti rahbari iqtisodiu komretentligini baholash mezonlari, iqtisodiu faoliuatga qadriuatli uo‘naltirilganlikning shakllanganligi, shaxsiu sifatlarning shakllanganligi va moslanuvchanligi hamda iqtisodiu-huquqiu bilimlarni o‘zlashtirish darajalari monitoringiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining iqtisodiy kompetentligini shakillantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining iqtisodiy kompetentligini shakllantirishning tashkiliy pedagogik shart-sharoitlari androgogik ta’lim dasturini amalga oshirishning modulli tizimiga ustuvorlik berish orqali iqtisodiy muammolarni mustaqil hal qilishda ta’lim metodlariga ko‘ra aralash oʻqitish usulini qo‘llashga oid  taklif va tavsiyalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2019-yil 10-oktyabrdagi 05-1071-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim tizimi rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 15-apreldagi 03-52-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining iqtisodiy kompetentligini samarali rivojlantirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarining iqtisodiy qobiliyatini aks ettiruvchi maxsus kompetensiyasini shakillantirish jarayoni shaxsning ajralmas sifati hamda rahbarning iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalarini qo‘llashda loyihalovchi, korreksiyalovchi, shakllantiruvchi va refleksiv bosqichlarini uzviyligini taminlashga oid takliflari Maktabgacha ta’lim agentligi tuzilmasidagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini takomillashtirishga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlar loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 15-apreldagi 03-52-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari malakasini oshirish kurslari sifatini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgasha ta’lim tashkiloti rahbari iqtisodiu komretentligini baholash mezonlari, iqtisodiu faoliuatga qadriuatli uo‘naltirilganlikning shakllanganligi, shaxsiu sifatlarning shakllanganligi va moslanuvchanligi hamda iqtisodiu-huquqiu bilimlarni o‘zlashtirish darajalari monitoringiga oid tavsiualari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Maktabgacha ta’lim agentligi tuzilmasidagi maktabgasha ta’lim tashkiloti rahbarlari malakasini oshirish jarayonlarida foydalanilgan (Maktabgasha ta’lim vazirligining 2020 uil 28 dekabrdagi 03-01/1-654-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgasha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining iqtisodiu komretentligini rivojlantirish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
  
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish