Buriev Shuhrat Xamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori haroratli ekspluatatsiya sharoitida yo‘lning asfaltbeton qoplamasini chidamliligini oshirish usulini takomillashtirish”, 05.09.02 - “Geotexnika” (Yo‘llar, yo‘llarni raqamlashtirish va yo‘l harakati xavfsizligi. YO‘l telematikasi yo‘nalishlari bo‘yicha) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3183
Ilmiy rahbar: Sadiqov Ibragim Salihovich, t.f.d., proffesor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.15/31.08.2022.T.73.05
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Axmedov Sherzod Baxodirovich (Toshkent davlat transport universiteti); texnika fanlari doktori, professor Qosimov Ibrohim Irkinovich (Toshkent arxitektura-qurilish universiteti).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori haroratli ekspluatatsiya sharoitida slanesli tog‘ jinslaridan olingan mineral kukunni qo‘llash orqali asfaltbeton qoplamasining chidamliligini oshirish usulini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- mineral kukunlarning mikroskob orqali donadorligi va shakli aniqlanib, turli hil donadorlikda asfaltobeton qorishmasiga qo‘shib laboratoriya sinovlari natijasida slanesli tog‘ jinslaridan olingan faollashgan mineral kukun zarralari shakli va maydalik darajasini asfaltbetonning zichligi, siljishga chidamliligi, siqilishga mustahkamligi, suv shimuvchanligi ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga bog‘liqligi aniqlangan;
- slanesli tog‘ jinslaridan olingan faollashgan mineral kukun bitum bilan birikib, hosil bo‘lgan bog‘lovchini eksprimental ta’dqiqotlar natijasida inert tosh materiallari bilan yupqa parda ko‘rinishida bog‘lanishi qoplama yuqori haroratda siqilishga mustahkamligini va surilishga chidamliligini oshirishi aniqlangan;
- slanesli tog‘ jinslaridan olingan faollashgan mineral kukunni qo‘shish bilan, bitumli bog‘lovchi hosil qilinib, asfaltbeton qorishmasining maqbul donadorlik tarkibini tanlash orqali yuqori haroratli ekspluatatsion sharoitda qoplama mustahkamligini oshirish uslubi takomillashtirilgan;
- eksprimental tadqiqotlar natijasida asfaltbeton qorishmaga slanesli tog‘ jinslaridan olingan faollashgan mineral kukunni qo‘llash orqali, mineral kukunni va bog‘lovchi bitum miqdori kamayishi xisobiga yuqori haroratda surilishga chidamliligi va siqilishga mustahkamligini oshirishga olib keladi va bu bilan ekspluatatsion davrda asfaltbeton qoplamadagi plastik g‘ildirak izlarini yuzaga kelmasligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yuqori haroratli ekspluatatsiya sharoitida yo‘lning asfaltbeton qoplamasini chidamliligini oshirish usulini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
slanesli tog‘ jinsidan olingan faollashgan mineral kukunni mayda donali issiq zich asfaltobeton qorishmaga qo‘llab ishlab chiqarish bo‘yicha donadorlik tarkibi ishlab chiqarildi hamda asfaltbeton zavodida qorishma tayyorlanib Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 23-maydagi, 03-1427-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, asfaltbeton qoplamada o‘tkazilgan laboratoriya sinovlarida bitum faolligini oshirib zichligini ortishiga, suv shimuvchanligini ikki barobarga kamayishi kuzatildi;
slanesli tog‘ jinsidan olingan faol mineral kukun bitum bilan birikib, bitum bog‘lovchini hosil qiladi va inert materiallari yuzasini yupqa plyonka ko‘rinishida qoplanadi, avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 23-maydagi, 03-1427-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, faol mineral kukun qo‘llanishi qoplama 70 °C haroratda siqilishga mustahkamligi va surilishga chidamliligi hozirgi kunda qo‘llanilayotgan mineral kukunlarga nisbatan ikki barobar ortishiga olib kelgan;
asfaltbeton qorishmasiga slanesli tog‘ jinslaridan olingan faollashgan mineral kukun qo‘llab ishlab chiqilgan maqbul donadorlik tarkibi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 23-maydagi, 03-1427-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori haroratli ekspluatatsiya sharoitida qoplama mustahkamligi ortishiga olib kelgan;
ishlab chiqilgan slanesli tog‘ jinslaridan olingan faollashgan mineral kukun asfaltbeton qorishmasiga qo‘llash uslubi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 23-maydagi, 03-1427-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori haroratli ekspluatatsion sharoitda qoplamda plastik g‘ildirak izi kelib chiqishi 70 °C qoplama haroratida 5 yilda 2,55 mm bo‘lib, me’yoriy xujjatlarda keltirilgandan to‘rt barobarga kamaygan, shuningdek ushbu uslubni qo‘llash natijasida bog‘lovchi bitum miqdorini 10.3% gacha iqtisod qilishga erishilgan.