Yuldasheva Shaxlo Xabibullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Achchiq ermon o‘simligi asosida gel`mintga qarshi dori vositasi texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01- Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Far65.
Ilmiy rahbar: Tuxtaev Xakim Raxmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Xolida Mannonovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Xalilov Ravshanjon Muratdjanovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gel`mintga qarshi achchiq ermon er ustki qismi, qovoq urug‘i, dastarbosh guli va sarimsoqpiyoz asosida quruq ekstraktlar aralashmasini olish, kapsula dori turi tarkibi hamda texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
achchiq ermon er ustki qismi, qovoq urug‘i, dastarbosh gullari va sarimsoq piyoz asosida quruq ekstraktlarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
olingan 4 ta quruq ekstraktlar mo‘’tadil nisbatlarda aralashtirilib, «Gel`mint-ART» kombinirlangan quruq ekstrakti olingan va uning sifat me’yorlari aniqlangan;
«Gel`mint-ART» quruq ekstrakti asosida kapsula dori shaklining tarkibi va mo‘’tadil texnologiyasi ishlab chiqilgan;
«Gel`mint-ART» kapsulasining texnologik va sifat ko‘rsatkichlari aniqlangan;
«Gel`mint-ART» kapsulasining biosamaradorligi biofarmatsevtik nuqta’i nazardan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Achchiq ermon o‘simligi asosida gel`mintga qarshi dori vositasi texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Gel`mint-ART» quruq ekstrakti va kapsulasi uchun korxona farmakopeya maqolalari O‘zR SSV «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi»  DUKning 2023 yil 29 apreldagi 29/11-00541-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu korxona farmakopeya maqolalarining tasdiqlanishi gel`mintga qarshi dori vositasini ishlab chiqarish imkonini beradi;
«Gel`mint-ART» quruq ekstrakti va kapsula dori shakli uchun tajriba sanoat reglamentlari S.K.Islombekov nomidagi «O`ZKIMYOFARM» AJ  korxonasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR: 00481330-006-2022, OPR: 00481330-007-2022). Mazkur hujjatlarning tasdiqlanishi natijasida gel`mintga qarshi dori vositasi uchun me’yoriy hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida «Gel`mint-ART» quruq ekstrakti va kapsulasi uchun spesifik farmakologik faolligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijalar gel`mintga qarshi ishonchli faollikga ega bezarar dori vositalarni ishlab chiqarish imkonini bergan. 
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish