Yusupov Shuxrat Jumaqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Meva va sabzavotlarning sharbat berishini elektrofizikaviy usullarda oshirish», 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq - ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2792.
Ilmiy rahbar: Kurbonov Jamshed Madjidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc 03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Nasirova Shaira Narmuradovna, texnika fanlari doktori; Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: meva va sabzavotlardan sharbat olish texnologiyasida elektrofizikaviy metodlarni qo‘llash orqali sharbat chiqishini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda sanoat miqyosida ishlab chiqarilayotgan meva-sabzavot sharbatlari klassifikasiyasi, sharbat olish qayta ishlovida elektrofizikaviy metodlarning qo‘llanilish istiqbollari aniqlangan;
olma, o‘rik, olxo‘ri va sabzining sharbat berishini oshirishda o‘zgaruvchan tok va O‘YuCh EMM energiyasi plazmolizini qo‘llashning samaradorligi matematik usulda ilmiy asoslangan;
olma, o‘rik, olxo‘ri va sabzining elektr va dielektrik o‘tkazuvchanligini, kimyoviy tarkibi eksperimental aniqlangan;
olma, o‘rik, olxo‘ri va sabzining sharbat berishini oshirish elektroplazmolizatorlar muhandislik hisobi ishlab chiqilgan;
olma, o‘rik, olxo‘ri va sabzining sharbat berishini oshirish maqsadida kombirlashgan ikki elektrodli va O‘YuCh li elektroplazmolizator qurilmasini kiritish orqali sharbat olish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Meva va sabzavotlar pulpasidan qo‘shimcha sharbat olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mevalar (olma, o‘rik, olxo‘ri) ikkilamchi xom ashyosi pulpasidan kombirlashgan ikki elektrodli va O‘YuCh elektroplazmolizatori yordamida sharbat olish qurilmasi “Agromir Samarkand” qo‘shma korxonasi MChJda amaliyotga joriy etilgan (“Agromir Samarkand” qo‘shma korxonasi MChJning 2023 yil 8 maydagi 102-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘shimcha sharbat ishlab chiqarishga erishilib, samaradorlik 12-14% ga oshishi imkonini bergan;
sabzavot (sabzi) ikkilamchi xom ashyosi pulpasidan sharbat olish uchun ishlab chiqilgan optimal rejim “Agromir Samarkand” qo‘shma korxonasi MChJda amaliyotga joriy etilgan (“Agromir Samarkand” qo‘shma korxonasi MChJ ning 2023 yil 8 maydagi 102-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘shimcha sharbat ishlab chiqarishga erishilib, samaradorlik 13 % ga oshishi imkonini bergan.