Xasanov Jamshid Ozodovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
«Ikki komponentali muhitlarda nodivergent kross-diffuziya masalalarini sonli modellashtirish», 05.01.07– Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmu (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/FM902.
Ilmiy rahbar: Aripov Mersaid Mirsiddiqovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy  universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Uteuliev Nietboy Uteulievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Xaydarov Abdug‘affor,  fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
 Yetakchi tashkilot sifatida: Qarshi davlat universiteti tavsiya qilindi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ikki komponentali muhitlarda nodivergent kross-diffuziya masalalarini sonli-analitik echish usullari va algoritmlarini qurish hamda dasturiy taʼminotini yaratishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
manba va o‘zgaruvchan zichlikka ega va ega bo‘lmagan hollarda  nodivergent kross-diffuziya jarayonini ifodalovchi nochiziqli matematik modelining sekin va tez diffuziya holida echimlarining vaqt bo‘yicha globallik va global bo‘lmaslik shartlari topilgan;
nodivergent kross-diffuziya jarayonini ifodalovchi nochiziqli matematik modelining avtomodel echimlar asimptotikasining bosh hadlari topilgan;
manba va o‘zgaruvchan zichlikka ega nodivergent kross-diffuziya jaryonlarni ifodalovchi nochiziqli masalalarni sonli hisoblash uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich yaqinlashishni topish masalasi hal qilingan;
manba va o‘zgaruvchan zichlikka ega nodivergent kross-diffuziya jarayonlarining nochiziqli matematik modellari sifat xossalarini o‘rganish uchun sonli hisoblash sxemalari qurilgan.
kritik hollarda manba va o‘zgaruvchan zichlikka ega nodivergent kross-diffuziya jarayonini ifodalovchi nochiziqli matematik modelining sekin va tez diffuziya holida echimlarining vaqt bo‘yicha globallik va global bo‘lmaslik shartlari topilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikki komponentali muhitlarda nodivergent kross-diffuziya masalalarini sonli modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amalyotda quyidagi yo‘nlishlarda joriy etilgan:
ikki komponentali muhitlarda nodivergent kross-diffuziya masalalarini sonli va analitik echish algoritmlari va global echimning mavjudlik shartlaridan OT-Atex-2O18-340 ’’Ikki tezlikli muhit dinamikasining amaliy geofizik masalalarini nazariy va sonli tadqiq etish” grant loyihasida ikki tezlikli muhit dinamikasining amaliy geofizik masalalarini global echimining mavjudlik shartlarini olishda va sonli modellashtirishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2023-yil 05-maydagi 03/1884-sonli maʼlumotnomasi). Natijada ikki tezlikli muhit dinamikasining amaliy geofizik masalalarini global echimining mavjudlik shartlarini olishga va sonli modellashtirish uchun amaliy dasturlar paketini yaratishga imkon bergan;
ikki komponentali muhitlarda nodivergent kross-diffuziya masalalarini sonli va analitik echish algoritmlari, avtomodel echimlar asimptotikasining bosh hadlarini  topish usullaridan BV-Atex-2018(399+487) “Ikki komponentli muhitda diffuzion jarayonlarni sonli modellashtirish uchun amaliy dasturlar paketini yaratish” grant loyihasida ikki komponentali muhitlarda nodivergent kross-diffuzion jarayonlarini sonli modellashtirishda foydalanilgan (Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik malaka institutining 2023-yil 19-maydagi 01-194/23-sonli maʼlumotnomasi). Natijada ikki komponentali muhitda diffuziya jarayonlarini sonli modellashtirish uchun amaliy dasturlar paketini yaratishga imkon bergan;
manba va o‘zgaruvchan zichlikka ega nodivergent kross-diffuziya jaryonlarini ifodalovchi nochiziqli masalalarni sonli hisoblash uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich yaqinlashishni topish metodidan Rossiya Federatsiyasi Udmurt davlat universiteti RFFI-20-01-00293-sonli grant loyihasida ikki tezlikli muhit dinamikasining amaliy geofizik masalalarini nazariy va sonli echishda foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasi Udmurt davlat universiteti 2023-yil № 7873-3980/32-sonli maʼlumotnomasi). Natijada ikki tezlikli muhit dinamikasining amaliy geofizik masalalarini nazariy va sonli echishda qo‘llaniladigan iteratsion jarayon uchun boshlang‘ich yaqinlashish  masalasini hal qilishga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish