Kublanov Jalgasbay Jumabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Orol dengizi qurigan tubi dinamikasining tuz parametrlarini miqdoriy baholash», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/B526.
Ilmiy rahbar: Tleumuratova Bibigul Saribaevna, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Ajiev Alisher Baxtibaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Murodov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xorazm ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orol dengizi qurigan tubi dinamikasining tuz parametrini miqdoriy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marotaba Orol dengizi, qurigan tubi, fitotsenozlar va ular orasidagi tuz almashinuvi jarayonlari yagona geostruktura sifatida modellashtirish va tizimni tahlil qilish usullari bilan aniqlangan;
Orol dengizining qurigan tubi o‘simlik qoplamining evolyusiyasi qonuniyatlari tuproqning sho‘rlanishi va tuzlarning tarqalishiga bog‘liqligi aniqlangan;
tuzlarning shamol ta’sirida tarqalishiga o‘simlik qoplamining umumiy proektiv qoplamiga bog‘liq holda ta’sirini miqdoriy baholash usuli ishlab chiqilgan;
Orol dengizining qurigan tubiga antropogen ta'sirlarning samaradorligini baholash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Orol dengizining qurigan tubi dinamikasining tuz parametrini miqdoriy baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Orol dengizining qurigan tubida tuzlarning tarqalishi va o‘simlik qoplami o‘rtasidagi bog‘liqlikni miqdoriy baholashning ishlab chiqilgan usullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining Janubiy Orolbo‘yi mintaqasining ekologik xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqishda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil 25 yanvardagi 02-220-son ma’lumotnomasi). Natijada, Orol dengizi qurishining atrof-muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishning raqamli ko‘rsatkichli imkoniyatini yaratgan;
o‘simlik qoplamining hududiy vaqt bo‘yicha taqsimlanish dinamikasi va ekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ma’lumotlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 22 iyuldagi 2-443-son ma'lumotnomasi). Natijada, Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzorlar ekish tadbirlarini rejalashtirish samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish