Samandarov Qudrat Bazarbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishni sudga qadar yuritishda mol-mulkni xatlashni takomillashtirish”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu987.  
Ilmiy rahbar: Nurumbetova Sadoqat Allayarovna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor; Mirazov Davron Miragzamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ishni sudga qadar yuritishda mol-mulkni xatlashni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mol-mulkni xatlashda sudning qonuniy kuchga kirgan qarorining idoralararo ijrosini taʼminlash maqsadida elektron tizimni joriy etish va hujjatlarni “PDF” formatda onlayn tizimga joylashtirish ish unumdorligini oshirishi asoslantirilgan;
mol-mulkka qo‘yilgan xatlovni bekor qilish vakolatining sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, davlat ijrochisi, soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari)ga berilganligi, ular tomonidan bekor qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiq elektron maʼlumotlar bazasiga kiritilishi zarurati asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilgan mol-mulkni qidirib topish va xatlash masalasining huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq o‘zaro anglash prinsipi asosida amalga oshirilish lozimligi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida saqlanayotgan jinoyat natijasida orttirilgan mol-mulk yoki aktivlarni tergov organlari belgilangan tartibda xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan aloqa operatorlari orqali qidirib topish, xatlash, ularni mamlakat hududiga qaytarish masalasining hal etilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishni sudga qadar yuritishda mol-mulkni xatlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mol-mulkni xatlash yoki uni bekor qilish to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan qarori (ajrimi, hukmi), prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, davlat ijrochisi, soliq organi rahbarining qarori darhol elektron shaklda (“PDF” formatda) tizimga joylashtirilishi hamda idoralararo elektron hamkorlik doirasida elektron maʼlumotlar bankiga tegishli maʼlumotlar onlayn ravishda real vaqt rejimida kiritilishiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi “Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklar elektron maʼlumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 468-son Qarorining 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi 12/1-100-son maʼlumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ishni sudga qadar yuritishda mol-mulkni xatlashni tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, davlat ijrochisi, soliq organining rahbarining mol-mulkka qo‘yilgan xatlovni bekor qilish haqidagi qarori bo‘lgan hollarda notarial arxiv mudiri tomonidan taqiqni bekor qilish to‘g‘risidagi maʼlumotlar elektron maʼlumotlar bankiga kiritilishiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi “Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 468-son Qarorining 11-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi 12/1-100-son maʼlumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ishni sudga qadar yuritishda mol-mulkni xatlash amaliyotida elektron maʼlumotlardan foydalanishga xizmat qilgan.
jinoyat sodir etish natijasida olingan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilgan mol-mulkni qidirib topish va xatlash huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari tomonidan qonunchilik hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki o‘zarolik prinsipi asosida amalga oshirilishiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 402-son Qarorining 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi 12/1-101-son maʼlumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ishni sudga qadar yuritishda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan mulkiy munosabatlarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan.
huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari belgilangan tartibda xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan xorijiy aloqa operatorlari orqali yoki aktivlarni qaytarish bo‘yicha bog‘lovchi shaxslar tarmoqlaridan foydalangan holda musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish va xatlash masalalari bo‘yicha maʼlumotlar almashish borasida ishlarni amalga oshirilishiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 402-son Qarorining 21-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi 12/1-101-son maʼlumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ishni sudga qadar yuritishda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan mulkiy munosabatlarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish