Sapashov Ikramjan Yaumitbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Polipropilen ishlab chiqarish jarayonining ikkilamchi mahsulotlari asosidagi dizel yoqilg‘isining quyi haroratli xossalarini yaxshilovchi prisadkalar olish texnologiyasi», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3560.
Ilmiy rahbar: Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc03/28.02.2022.T101.01. 
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: “Uz-Kor Gas Chemical” QK MChJ ikkilamchi polipropilen asosida depressor prisadkalar sintez qilish va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi polipropilen bilan metilakrilat va metakril kislotalarning sopolimerlanish jarayonida atmosfera bosimi, harorat, erituvchilar tabiati va initsiatorlar miqdorining ta’siri ilmiy asoslangan;
sopolimer tarkibida 4:1 polipropilen va metilakrilat sopolimerlanish reaksiyasida initsiator miqdori 0,6 %, harorat 750C bo‘lganda reaksiya unumi 84,9% va molekulyar massasi 6404 g/mol ekanligi aniqlangan;
polipropilen va metilakrilat 4:1 nisbatdagi sopolimerlar va polidisperli darajasi 4,97 bo‘lganda depressor xususiyatini namoyon qilganligi amaliy isbotlangan;
ikkilamchi propilen p-ksilolda 110 0C eruvchanligi, sopolimerlanish jarayoni 75 0C harorat, initsiator miqdori 0,6 % va reaksiya davomiyligi 180 minut bo‘lganda maqbul rejimlar asosida PP va MA asosida prisadka olishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Dizel yoqilg‘isining quyi haroratli xossalarini yaxshilovchi polipropilen va metilakrilat asosida depressor prisadkalar sintezi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olingan prisadka «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning “amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2023 yil 22 fevraldagi 01-08/462-son ma’lumotnomasi). Natijada, namuna sifatida olingan prisadka dizel yoqilg‘isining qotish haroratini -27 0C gacha, filtrlanishning chegaraviy haroratini -22 0C gacha tushirishga imkon bergan; 
tarkibida 4:1 nisbatda bo‘lgan polipropilen va metilakrilat sopolimer depressor prisadkalar «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning “amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2023 yil 22 fevraldagi 01-08/462-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zDts 989:2001 standarti asosida tekshirilganda dizel yoqilg‘isining fizik-kimyoviy xossalariga salbiy ta’sir etmasdan faqat qotish haroratini -13 dan -27 0C gacha, filtrlanish chegaraviy haroratini -10 dan -22 0C gacha pasaytirish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish