Shodmonqulov Alisher Mamatqulovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta xomashysini quritish uchun energiya va resurs tejaydigan 2SB-10 barabanining yuritmasini ishlab chiqish” 05.02.03 - “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2664
Ilmiy rahbar: Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Safarov Nazirjon Muhammadjonovich texnika fanlari doktori, professor; Mamasharipov Abdunabi, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: 2SB-10 barabanli quritgichi yuritmasining konstruktiv va texnologik parametrlarini ishlab chiqish va asoslash asosida paxta xomashyosini quritish samaradorligini oshirish va energiya sarfini tejashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy barabanli quritgichlarni yuritmalarini analitik taxlili asosida mavjud 2SB-10 barabanli quritgichini xarakatlantirishda energiya sarfini 2 marta kamaytirush uchun baraban o‘rta qismiga zanjirli yuritma urnatish bilan boshqariluvchan harakatni amalga oshiruvchi konstruksiy ishlab chiqilgan;
paxtani quritish barabani yuritmasidagi etaklovchi va etaklanuvchi g‘ildiraklarga ta’sir etuvchi harakatlantiruvchi kuchlarning momentlari va foydali qarshilik kuchlari, burilish vaqtida valning elastik deformatsiyasining kattaligi nazariy o‘rganishlar bilan etaklovchi g‘ildirak diametri, etaklovchi va etaklanuvchi g‘ildiraklardagi tishlar soni, zanjirni qadamini aniqlash uchun bog‘liqlik tenglamalari keltirib chiqarilgan;
barabanli paxta quritgichining zanjirli uzatmasining quritish barabanidagi paxta quritish jarayonining texnologik parametrlariga ta’sirining nazariy bog‘liqligi kinematik munosabatlarni va reaktsiyalarning chegaraviy qiymatlari uchun ifodalarni hisobga olgan holda, paxtaning dastlabki namligiga bog‘liq bo‘gan ish rejimlari aniqlangan;
quritish barabanining zanjirli uzatmasining etaklanuvchi g‘ildiragidagi tishlar soni 198 va etaklovchi g‘ildirakniki 18 dona, xarakatni uzatish soni 11 ga teng bo‘lgan, g‘ildiraklar o‘qlari orasidagi masofaning eng kam miqdori 4,64 m ga teng bo‘lgan quritgich yuritmasining konstruksiyasi yaratilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta xomashyosini quritish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
Ishlab chiqilgan zanjir uzatmali quritish barabani Jizzax viloyatidagi “PAXTAKOR TEKS” MChJ klasterga ishlab chiqarishga joriy etilgan (Paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining 2023-yil 20-fevraldagi 02/22-88-son guvohnomasi). Natijada, zanjir uzatmali barabanli quritgichda quritilgan paxtadan namlik olish mos ravishda 4,76% gacha oshgan, barabanning ushbu ish rejimida haqiqiy o‘rtacha qiymati aniqlangan. Baraban ichidagi paxta xomashyosidan namlikni olish 13,16% dan 8,4% gacha kamaygan.