Abduraximov Komiljon Karimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta tolasini aeromexanik tozalash jarayonini takomillashtirish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T929
Ilmiy rahbar: Sarimsakov Olimjon Sharifjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Qayumov Abdul-Malik Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Eshjanov Abilda Abdukadirovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tolasini tozalash uskunasi arralari konstruksiyasini takomillashtirish orqali tola tozalash jarayoni samaradorligini oshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tolani tozalash samaradorligining ishchi silindr arrasi tishlari bilan tola massasi ta’sirlashuv maydoni kattaligiga bog‘liq  holda o‘zgarishini hisobga olgan holda tozalagichning ishchi silindri arralarining tishlari navbati bilan chap va o‘ng tomonlarga bir xil darajada og‘dirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan; 
arralarning tishlari ikki yonga og‘dirilishi natijasida ularning tola bilan ta’sirlashuv maydonini oshishini hisobga olgan holda ishchi silindrning arralari soni amaldagidan kam bo‘lgan, tsilindr valiga tushadigan yuklamani kamaytirish imkonini beruvchi ishchi silindr konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
paxta tolasini tozalash qurilmasining texnologik va konstruktiv o‘lchamlari, tishlarning yonga og‘ish burchagi va arralar sonining ratsional qiymatlari tola tozalash jarayonini adekvat regression matematik modeli olingan; 
tola tozalash samaradorligining ishchi silindr arrasi tishlarining shakli va o‘lchamlariga bog‘liqligi tahlil qilgan holda  arrasi tishlari navbati bilan ikki yonga og‘dirilgan ishchi silindrga ega bo‘gan tola tozalash uskunasining yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori tozalash samaradorligiga ega bo‘lgan tola tozalagichni yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalar asosida:
to‘g‘ri oqimli, arrasining tishlari bir xil ketma-ketlikda ikki yonga og‘dirilgan arrali silindrga ega bo‘lgan tola tozalagich “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi tarkibidagi korxonalar, jumladan, Kosonsoy paxta tozalash korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat”AJ ning 2022 yil 23 sentyabrdagi № 03-18/875 sonli xati va “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 02/22-816 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tozalash samaradorligini 65% oshirish va chiqindilardagi toladorlik miqdorini 13 % ga kamaytirishga hamda tolaning sifat ko‘rsatkichlarini bir navga yuqorilashiga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish