Karimjonov Dilyorbek Doniyorbek o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmoq nomi): “Asinxron motor reaktiv quvvatining filtr-kompensatsiya qurilmalarini nazorat va boshqaruvi uchun uch fazali toklarni elektromagnit o‘zgartkichlari”, 05.01.06 – “Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3283.
Ilmiy rahbar: Siddikov Ilhomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abidova Gulmira Shuxratovna, texnika fanlari doktori, professor; Xujamatov Xalimjon Ergashovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: asinxron motor reaktiv quvvatining nazorat va boshqaruvidagi filtr-kompensatsiya qurilmalari uchun uch fazali toklarni elektromagnit o‘zgartkichlarining tadqiqot modellarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asinxron motor statoridagi reaktiv quvvatning uch fazali toklari hosil qilgan magnit oqimlarni nazorat va boshqaruvini ta’minlovchi filtr-kompensatsiya qurilmalarning elektromagnitli o‘zgartkichini tuzilish tamoyili ishlab chiqilgan;
asinxron motor iste’mol qilayotgan reaktiv quvvatning uch fazali toklarini nazorat va boshqaruvini ta’minlovchi filtr-kompensatsiya qurilmalarning elektromagnitli birlamchi o‘zgartkichlarida kechayotgan signal o‘zgartirish jarayonlarining modellari shakllantirilgan;
filtr-kompensatsiya qurilmalari ishlab chiqayotgan reaktiv quvvatning uch fazali nosimmetrik va nosinusoidal toklarini nazorat va boshqaruvini elektromagnitli o‘zgartkichlarining chiqish signallarini baholashning analitik ifodalari va algoritmlari yaratililgan;
reaktiv quvvatning uch fazali birlamchi toklarini elektromagnitli o‘zgartkichini o‘lchov chulg‘amlari xalqalarini differensial sxema ko‘rinishida bajarish natijasida sinusoidal va simmetrik formadagi chiqish kuchlanishlarni ta’minlovchi qurilmaning modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Asinxron motor reaktiv quvvatining filtr-kompensatsiya qurilmalari nazorati va boshqaruvi uchun uch fazali toklarni elektromagnit o‘zgartkichlarining modellari va stator chulg‘amlari joylashgan pazlarga joylashtirilgan, ikkita sezgir element xalqalariga ega va o‘zaro differensial ulangan asinxron motor uch fazali elektromagnit tok o‘zgartkichlari chiqish kuchlanish signallarining tajriba sinovlari, “Jalaquduq tuman yo‘llardan foydalanish” UK va “SPEKTR” XK larida joriy etildi. Tajriba sinovlari natijasida korxonalardagi asinxron motorlarning quvvat isroflarini 5 % ga kamayishi aniqlandi hamda “Jalaquduq tuman yo‘llardan foydalanish” UK uchun yillik kutilayotgan samaradorlik 79 mln. so‘mni va “SPEKTR” XK uchun esa 42,5 mln. so‘mni tashkil etdi. Tadqiqot natijalarini korxonalarda amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali dalolatnomasi va Energetika vazirligining “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (May 05, 2023. № 01-04-42/394) ma’lumotnomasi olindi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish