Boboqulov Akmal Muborakbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida investisiya faoliyatini muqobil moliyalashtirishni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2193
Ilmiy rahbar:Almardanov Muxamadi Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘zieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Usmonov Bunyod Aktamovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyat gamolik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida investisiya faoliyatini muqobil moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra investisiya faoliyati sub’ektlarining investisiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui sifatida ifodalanuvchi “investisiya faoliyati” tushunchasining mazmuni zamonaviy talqin negizida zamon talablariga javob beruvchi, ilg‘or innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va uni moliyalashtirish, ularni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash jarayoni orqali takomillashtirilgan;
iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida investisiya faoliyatining turli shart-sharoitlari va jarayonlariga muvofiq keluvchi muqobil moliyalashtirishdan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni eng quyi darajasini ta’minlashga ko‘ra baholangan;
hududlarda past rentabellikda ishlayotgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirishda ular faoliyatini muqobil moliyalashtirish bo‘yicha maxsus agentlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda investisiya faoliyatini moliyalashtirish mexanizmi samaradorligi va unga ta’sir etuvchi omillar ta’sirining ekonometrik modeli asosida investisiya faoliyatining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida investisiya faoliyatini muqobil moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra investisiya faoliyati sub’ektlarining investisiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui sifatida ifodalanuvchi, zamonaviy talqin negizida yangi talablarga javob beruvchi, ilg‘or innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va uni moliyalashtirish, ularni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash jarayoni orqali takomillashtirilgan “investisiya faoliyati” tushunchasining mazmuni oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Investisiya” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2022 yil 24 oktyabrdagi 328-sonli buyrug‘i). Mazkur tushunchaning oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yangi mazmunda kiritilishi bo‘lg‘usi mutaxassislarning investisiya faoliyati va uni moliyalashtirish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkonini yaratgan;
iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida investisiya faoliyatining turli shart-sharoitlari va jarayonlariga muvofiq keluvchi muqobil moliyalashtirishdan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni eng quyi darajasini ta’minlashga ko‘ra baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligining investisiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish masalalari boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligining 2023 yil 17 yanvardagi №02-11-00249-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifda iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida investisiya faoliyatini muqobil moliyalashtirish usullaridan foydalanishda yuzaga keluvchi tavakkalchiliklar turlari, davlatning muqobil moliyalashtirish usullariga oid siyosati va iqtisodiyotning ochiqligini kompleks hisobga oluvchi tavakkalchiliklarni samarali boshqarishning moliyaviy menejment samaradorligini kompleks usulda aniqlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berilib, ularni amaliyotda qo‘llash 2022 yilda investision faoliyatni muqobil moliyalashtirish usullari hisobidan investorlarni jalb etish ko‘lamini 21 foizga oshirishga hamda ulardagi investision loyihalar samarali ijrosini ta’minlashga imkon bergan;
hududlarda past rentabellikda ishlayotgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirishda ular faoliyatini muqobil moliyalashtirish bo‘yicha maxsus agentlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Hududlarda past rentabellikda ishlayotgan korxonalarni sog‘lomlashtirish maqsadida ularning investisiya faoliyatini muqobil moliyalashtirish bo‘yicha Agentlik”ni moliyalashtirish manbalari yuzasidan tezkor ko‘rsatmalari va chora-tadbirlariga oid “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligining 2023 yil 17 yanvardagi №02-11-00249-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik sanoat zonalarini tashkil etishni takomillashtirish orqali davlat-xususiy sherikchilik tizimi imkoniyatlaridan keng foydalanishga oid tavsiyalar ijrosi iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida investisiya faoliyatini muqobil moliyalashtirish usullarini takomillashtirish imkonini bergan;
O‘zbekistonda investisiya faoliyatini moliyalashtirish mexanizmi samaradorligi va unga ta’sir etuvchi omillar ta’sirining ekonometrik modeli asosida investisiya faoliyatining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligining 2023 yil 17 yanvardagi №02-11-00249-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif investisiya faoliyatini muqobil moliyalashtirish usullari istiqbollari haqida ma’lumotlar bazasining shakllanishiga imkon yaratib, 2022 yilda ulardan keng foydalana olish imkoniyatining yaratilishi orqali mamlakat investision jozibadorligining 17 foizga o‘sishini ta’minlagan.