Isomov Eldor Erxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Buxoro viloyati sharoitida artishok (Cynara scolymus L.) navlarining bioekologik xususiyatlari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/B910.
Ilmiy rahbar: Nomozova Zebunniso Baxronovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Haydarov Xislat Qudratovish, biologiya fanlari doktori, professor; Duschanova Guljan Madrimbaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyati sharoitida artishok (Cynara scolymus L.) navlarining bioekologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Buxoro viloyati sharoitida artishok navlarining ontogenez davr va bosqichlari ochib berilgan;
ilk bor artishok navlari vegetativ organlarining anatomik tuzilishidagi adaptiv moslanishlar qiyosiy asoslangan;
artishok navlarining sutkalik va mavsumiy gullash dinamikasi, urug‘ mahsuldorligi hamda urug‘idan ko‘paytirish texnologiyasi asoslangan;
artishok navlari vegetativ organlarining fitokimyoviy tarkibi va miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan hamda ularni vegetativ organlar bo‘ylab taqsimlanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Artishok navlarining (Green Gold, Imperial Star, Violetto) biologiyasi va ekologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
artishok navlari urug‘larining laboratoriya, vegetatsion va dala sharoitlarida o‘rta sho‘rlangan muhitlarda unuvchanligi, optimal ekish chuqurligi, o‘sish va rivojlanishi hamda fenologik xususiyatlariga oid ko‘rsatmalar aks etgan tavsiyalar Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Mirzabadalov” fermer xo‘jaligi erlarida tashkil etilgan 0,20 ga maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 7 fevraldagi 07/21-21-06/145-son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro viloyatining o‘rta sho‘rlangan tuproqlari sharoitida artishok navlarini optimal ekish muddatlarini belgilash, parvarishlash, ishlov berish hamda xom-ashyosini etishtirish imkonini bergan;
Buxoro viloyati sharoitida Artishok navlari urug‘chiligini tashkil etish va etishtirish maqsadida fenologik xususiyatlari, gullash biologiyasi va urug‘ mahsuldorligini baholashga oid ma’lumotlar aks etgan tavsiyalar Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Mirzabadalov” fermer xo‘jaligiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 7 fevraldagi 07/21-21-06/145-son ma’lumotnomasi). Natijada, artishok navlarini urug‘ mahsuldorligi koeffitsientini aniqlash, vegetatsiyaning birinchi yilidan dastlabki urug‘ini olish hamda vegetatsiyaning 2-yilidan urug‘ mahsuldorligi 15-20% ga oshish imkonini bergan.