Safarova Mashhura Sulaymonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sun’iy oziqlantirishda bo‘lgan bolalarda stomatologik kasalliklar profilaktikasini takomillashtirish» 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2287.
Ilmiy rahbar: Kamolova Feruza Raxmatilloevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022. Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaev Muhammadxon Burxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Olimov Siddiq Sharifovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oziqlanish turiga ko‘ra maktabgacha bo‘lgan bolalarda stomatologik kasalliklar profilaktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sun’iy oziqlantirishda bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda stomatologik kasalliklar rivojlanishining xavf omillariga bog‘liq holda diagnostik yondoshuv va individual chora tadbirlardan kelib chiqib profilaktik dastur va algoritm ishlab chiqilgan;
sun’iy oziqlanishda bo‘lgan stomatologik kasalliklari mavjud bolalarda qondagi kalsiy almashinuvi holati stomatologik ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligi asoslangan;
gipokalsimiyaning klinik yaqqol belgilari namoyon bo‘lmagan holda kalsiyning latent etishmovchiligi aniqlangan;
sun’iy oziqlantirilgan bolalarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha klinik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 16 martdagi 23-Z/006-son xulosasiga ko‘ra:
sun’iy oziqlantirishda bo‘lgan bolalarda stomatologik kasalliklarga erta tashxis qo‘yishga va ularni boshqarish taktikasini aniqlashga, keyinchalik bemorlarni boshqarishda uzluksizlik tamoyilini saqlab qolishi, kasallanish darajasini pasaytirishi Buxoro shahar 1 – oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 2022 yil 20 apreldagi 6-sonli buyruq, Buxoro shahar 2 – oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 2022 yil 26 maydagi 2-sonli buyruq, Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2022 yil 9 maydagi 15-sonli buyruq hamda Romitan tuman markaziy poliklinikasi bo‘yicha 2022 yil 30 maydagi 7-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan dastur va algoritmdan foydalanish, sun’iy oziqlanishda bo‘lgan bolalarda stomatologik holatni baholash, sun’iy oziqlantirishda bo‘lgan bolalarda stomatologik kasalliklarni erta tashxislash va kasallik asoratlarini oldini olish sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sun’iy oziqlantirishda bo‘lgan bolalarda stomatologik kasalliklar oldini olish, erta aniqlash va kasallik asoratlarini oldini olishga erishish orqali davolashga sarflanadigan xarajatlarini har bir bemorga o‘rtacha 120.400 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: sun’iy oziqlantirishda bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda stomatologik kasalliklar rivojlanishining oldini olish va mavjud stomatologik kasalliklarni erta aniqlash orqali har bir bemor uchun sarflanadigan byudjet mablag‘larini 330 ming 400 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Sun’iy oziqlantirishda bo‘lgan bolalarda stomatologik kasalliklar profilaktikasini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 6 iyuldagi 04/2577-son xat yuborilgan.
Sun’iy oziqlantirishda bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda stomatologik kasalliklarni oldini olish tadbirlarini qo‘llash, kasallikning tez muddatda surunkali tus olishi va asoratlanishini kamaytirishga olib kelishi Buxoro shahar 1 – oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 2022 yil 20 apreldagi 6-sonli buyruq, Buxoro shahar 2 – oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 2022 yil 26 maydagi 2-sonli buyruq, Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2022 yil 9 maydagi 15-sonli buyruq hamda Romitan tuman markaziy poliklinikasi bo‘yicha 2022 yil 30 maydagi 7-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sun’iy oziqlanishda bo‘lgan bolalarda stomatologik kasalliklarni oldini oladi, erta tashxislaydi, stomatologik kasallik asoratlarini oldini olib, ushbu toifa bolalarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 tishda mavjud bo‘lgan surunkali periodontitni davolash uchun umumiy hisobda 120.400 so‘m sarflanadi. Periodontit bilan bir vaqtning o‘zida 3-4 ta tish zararlanishini inobatga olib, bir bemorga o‘rtacha 330 ming 400 so‘mga iqtisod qiladi. Xulosa: sun’iy oziqlantirishda bo‘lgan bolalarda stomatologik kasalliklarning tarqalishi va asoratlari pasaytirib, bir bemorga o‘rtacha 330 ming 400 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Sun’iy oziqlantirishda bo‘lgan bolalarda stomatologik kasalliklar profilaktikasini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 6 iyuldagi 04/2577-son xat yuborilgan.
Aniqlangan kalsiyning latent etishmovchiligi, gipokalsiemiyaning yaqqol klinik belgilari bilan namoyon bo‘lmaydi, ammo suyak to‘qimalarining etarli minerallashmaganidan darak beradi. Bu esa nafaqat tish qattiq to‘qimasi emirilishi, balki bola organizmining o‘sish va minerallashish holatini prognozlashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sun’iy oziqlanishda bo‘lgan bolalarda stomatologik kasalliklarni erta tashxislaydi, stomatologik kasalliklarni oldini oladi, ushbu toifa bolalarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mavjud tashxislash va davolash ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘rta kariesni davolash (1 tish misolida) uchun davlat moliyaviy xarajati hisobi 14.860 so‘m qiymatida umumiy xarajatni ko‘rsatdi: Birinchi qatnov qiymati: bir martalik qo‘lqoplar – 3.500 so‘m, 3% peroksid vodorod eritmasi -1 flakon 10 ml - 500 so‘m, tibbiy steril paxta -1000 so‘m, taglik – unisem - 0.2gr - 1060 so‘m, doimiy plomba – beladont - 0.5gr – 3.300 so‘m: jami:14.860 so‘m. Surunkali periodontit tashxisi bilan 1 tishni davolashga 3 marta ko‘rikka kelib, (1 tish misolida) o‘rtacha 120.400 so‘m sarflanadi: Periodontit bilan bir vaqtning o‘zida 3-4 ta tish zararlanishini inobatga olib, bir bemorga o‘rtacha 330 ming 400 so‘m miqdorida davlat xarajatlarini tejash imkoniyatini bergan. Xulosa: sun’iy oziqlantirishda bo‘lgan bolalarda stomatologik kasalliklarning tarqalishi va asoratlarini pasaytirib, bir bemorga o‘rtacha 330 ming 400 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Sun’iy oziqlantirish va uning asoratlari natijasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish jarayoni olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlari Buxoro shahar 1 – oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 2022 yil 20 apreldagi 6-sonli buyruq, Buxoro shahar 2 – oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 2022 yil 26 maydagi 2-sonli buyruq, Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2022 yil 9 maydagi 15-sonli buyruq hamda Romitan tuman markaziy poliklinikasi bo‘yicha 2022 yil 30 maydagi 7-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Sun’iy oziqlantirishda bo‘lgan bolalarda stomatologik kasalliklar profilaktikasini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 6 iyuldagi 04/2577-son xat yuborilgan.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sun’iy oziqlantirishda bo‘lgan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i va stomatologik holatiga baho berish uchun so‘rovnomani amaliyotga joriy etish stomatologik kasalliklarni erta tashxislash va oldini olishga, stomatologik kasalliklar kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yuqori xavf ehtimolligiga kiruvchi bolalarda kalsiy almashinuvi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish kalsiyning latent tanqisligini bashoratlaydi va stomatologik kasalliklarni oldini olishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sun’iy oziqlanishda bo‘lgan bolalarda stomatologik kasalliklarni erta tashxislaydi; stomatologik kasalliklarni oldini oladi; ushbu toifa bolalarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mavjud tashxislash va davolash ko‘rsatkichlari bo‘yicha surunkali periodontitni davolash (1 tish misolida) uchun davlat moliyaviy xarajati hisobi 120.400 so‘m qiymatida umumiy xarajatni ko‘rsatdi: Birinchi qatnov qiymati: bir martalik qo‘lqoplar – 3.500 so‘m, 3% perekis vodorod eritmasi -500 so‘m, steril paxta -1000 so‘m, bir martalik borchik -5000 so‘m, pulpa ekstraktor -2000 so‘m, myuller ignasi -1000 so‘m, 3 dona fayl -40.000 so‘m: jami 53.000 so‘m. Ikkinchi qatnov qiymati: bir martalik qo‘lqoplar – 3.500 so‘m, 3% perekis vodorod eritmasi -500 so‘m, steril paxta -1000 so‘m, tabletka ko‘rinishida antibiotik -2000 so‘m, pulpa ekstraktor -2000 so‘m, myuller ignasi -1000 so‘m, 1 dona fayl -13.000 so‘m, dentinli pasta -1000 so‘m: jami 24.000 so‘m. Uchinchi qatnov qiymati: bir martalik qo‘lqoplar – 3.500 so‘m, 3% perekis vodorod eritmasi -500 so‘m, myuller ignasi -1000 so‘m, endofil-1gr -3000 so‘m, guttapercha -20.000 so‘m, tish kanalini to‘ldirish moddasi -4000 so‘m, taglik-unisem -3.800 so‘m, doimiy plomba-beladont -7.400 so‘m: jami: 43.400 so‘m. Surunkali periodontit tashxisi bilan 1 tishni davolashga 3 marta ko‘rikka kelib, (1 tish misolida) o‘rtacha 120.400 so‘m sarflanadi: periodontit bilan bir vaqtning o‘zida 3-4 ta tish zararlanishini inobatga olsak, bir bemorga o‘rtacha 330 ming 400 so‘m miqdorida davlat xarajatlarini tejash imkoniyatini beradi. Yillik har yuz nafar bemorga o‘rtacha 33.040.000 so‘m miqdorida davlat xarajatlarini tejash imkoniyatini beradi. Xulosa: sun’iy oziqlantirishda bo‘lgan bolalarda stomatologik kasalliklarning tarqalishi va asoratlarini pasaytirib, har yuz nafar bemorga o‘rtacha 33.040.000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Sun’iy oziqlantirishda bo‘lgan bolalarda stomatologik kasalliklar profilaktikasini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 6 iyuldagi 04/2577-son xat yuborilgan.