Irkabaev Djumanali Usmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnika oliy ta’lim muassasalarida fizikani o‘qitishni axborot texnologiyalari asosida takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5381.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali.
Ilmiy rahbar: Sheraliev Sa’dullo Suyunboevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03
Rasmiy opponentlar: Tursunov Ikromjon Gulamjonovich, fizika-matematika fanlari doktori (DSc), professor; Xujaev Erkin Berdievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish metodlarini elektron o‘quv dasturiy ta’minotlar asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida fizikani axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘qitishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari darsga qo‘yiluvchi didaktik va texnik talablarni virtuallik, algoritmlilik kabi axborotli o‘qitish tamoyillari bilan raqamli integratsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
fizik jarayon va hodisalarning qonun va qoidalarini o‘qitish talabalarning qabul qila olish qobiliyatlariga ustuvorlik berilgan ta’lim texnologiyalari virtual animatsion topshiriqlarni qayta aloqali vizual muhitda produktivlik darajalarda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kreativ fikrlash va kasbiy kompetensiyalarini hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga doir elektron o‘quv-metodik ta’minot fizikani o‘qitishning empirik bilim shakllari (o‘lchash, bajarish, natija olish)ga akademik impulsda ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
fizika darslarida ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish va amalga oshirish texnologiyasi animatsion-namoyishli jarayonlarning xususiyatlari (xavfsiz, takroriy, tejamkor) asosida modernizatsion ko‘rsatkichlar va bilim natijalarini avtomatik baholash bo‘yicha axborot-uslubiy ta’minot samaradorligiga ko‘ra integrativ semantikada takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fizikani o‘qitishdagi elektron o‘quv dasturiy ta’minotlar asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida fizikani axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘qitishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari darsga qo‘yiluvchi didaktik va texnik talablarni virtuallik, algoritmlilik kabi axborotli o‘qitish tamoyillari bilan raqamli integratsiyasini ta’minlashga oid takliflar “Fizikani o‘qitishda innovatsion texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-uslubiy va amaliy jihatlari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 429-son buyrug‘i). Ushbu o‘quv qo‘llanma o‘quv-metodik ta’minotini boyitishga hamda talabalarning amaliy ko‘nikma va malakalarining rivojlanishiga xizmat qilgan;
fizik jarayon va hodisalarning qonun va qoidalarini o‘qitish talabalarning qabul qila olish qobiliyatlariga ustuvorlik berilgan ta’lim texnologiyalari virtual animatsion topshiriqlarni qayta aloqali vizual muhitda produktivlik darajalarda qo‘llashga oid taklif va tavsiyalaridan 2020-2022 yilda O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan AZ-FZ-2019081452 raqamli “Etilen asosida siklogeksan sintezi texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi innovatsion amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 yanvardagi 89-03-277-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha talabalarning ijodiy (yaratuvchanlik) faoliyatini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning kreativ fikrlash va kasbiy kompetensiyalarini hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga doir elektron o‘quv-metodik ta’minot fizikani o‘qitishning empirik bilim shakllari (o‘lchash, bajarish, natija olish)ga akademik impulsda ustuvorlik berishga doir taklif va tavsiyalaridan 2020-2022 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2019081426-raqamli «NAVOIYaZOT» AJning chiqindi ishqoriy eritmasidan yuvuvchi vositalar olish” mavzusidagi innavatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 yanvardagi 89-03-277-son ma’lumotnomasi). Elektron dasturiy ta’minotdan foydalanish eksperiment va nazariya orasidagi o‘zaro uzviy bog‘liqlikni va mutanosiblikni ko‘rsatib, talabalarning kasbiy va amaliy ko‘nikmalarini shakllanishiga xizmat qilgan.