Rajapov Xayrulla Bekdurdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Baliqchilik sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2503.
Ilmiy rahbar: Salaev San’atbek Komilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Aymbetov Nagmet Kallievich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Aitimbetov Amirbek Koishibekovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalrog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududda baliqchilik sohasida KBXTni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xitoy Xalq Resrublikasi, Koreya, Turkiya, Yaponiya va Ozarbayjon tajribalari va mintaqaviy xususiyatlarga ko‘ra tekislik va havzalarda, 0,5-1 ga erlarda sunʼiy havzalar tashkil etgan holda oilaviy pudrat, xonadonbay usulda baliq etishtirishning intensiv integratsiyalashgan hamda muqobil ozuqalar, suv o‘tlari asosida rekreatsion va nasldor baliq etishtirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
baliqchilik sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan, jumladan, aholining baliqchilik bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini oshirish, aholini arzon narxda tirik baliq va baliq mahsulotlari bilan ta’minlashda har bir mahallada kichik tadbirkorlik savdo shoxobchalarini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
viloyatda “Xiva qora ko‘l”, “Xorazm baliq klaster” MChJ, “Ummon baliq” fermer xo‘jaliklari zahira va imkoniyatlariga ko‘ra sohada kichik biznesni rivojlantirishning klasterlash va kooperatsion aloqalarining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari taklif etilgan;
baliqchilik sohasidagi KBXT subektlari faoliyat ko‘rsatishining baholash mezonlariga ko‘ra 2026-yilgacha bo‘lgan davrda Xorazm viloyati baliqchilik sohasida kichik biznesni rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari va ko‘p omilli ekonometrik modellari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Baliqchilik sohasida kichik biznesni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya, Turkiya, Yaponiya va Ozarbayjon tajribalari va mintaqaviy xususiyatlarga ko‘ra tekislik va havzalarda, 0,5-1 ga erlarda sun’iy havzalar tashkil etgan holda oilaviy pudrat, xonadonbay usulda baliq etishtirishning intensiv integratsiyalashgan hamda muqobil ozuqalar, suv o‘tlari asosida rekreatsion va nasldor baliq etishtirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda kishik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 5-iyundagi 11/02-206484-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga qo‘llash natijasida ilg‘or xorijiy tajriba asosida oilaviy pudrat, xonadonbay usulda baliq etishtirishning intensiv integratsiyalashgan usullarini qo‘llashga ko‘ra KBXTni rivojlantirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini ishlab chiqarishga jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirilishiga xizmat qilgan;
baliqchilik sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan, jumladan, aholining baliqchilik bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini oshirish, aholini arzon narxda tirik baliq va baliq mahsulotlari bilan ta’minlashda har bir mahallada kichik tadbirkorlik savdo shaxobchalarini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 5-iyundagi 11/02-206484-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotda qo‘llash natijasida viloyatda baliqchilik sohasida KBXT subektlari sonining 0,6 martaga oshirish imkoniyatlarini asoslashga muayyan darajada xizmat qilgan;
viloyatda “Xiva qora ko‘l”, “Xorazm baliq klaster” MChJ, “Ummon baliq” fermer xo‘jaliklari zahira va imkoniyatlariga ko‘ra sohada kichik biznesni rivojlantirishning klasterlash va kooperatsion aloqalarining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda kishik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 5-iyundagi 11/02-206484-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotda qo‘llash natijasida viloyatda baliq ovlashchilik sohasida KBXT subektlari soni va baliq ovlash hajmini o‘rtacha 0,4 martaga oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
baliqchilik sohasidagi KBXT subektlari faoliyat ko‘rsatishining baholash mezonlariga ko‘ra 2026-yilgacha bo‘lgan davrda Xorazm viloyati baliqchilik sohasida kichik biznesni rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari va ko‘p omilli ekonometrik modellaridan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo sanoat palatasining 2023-yil 5-yundagi 11/02-206484-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif va tavsiyalarni amaliyotda qo‘llash Xorazm viloyati baliqchilik sohasida faoliyat yuritayotgan kichik biznes subektlari va klasterlar sonini o‘rtacha 0,6, ovlanadigan baliqlar hajmini 0,5 martaga oshirishga muayyan darajada imkon bergan.