Qodirov Avaz Eshmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diffuz toksik buqoqda davo taktikasini tanlashda genlar polimorfizmining ahamiyati», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib2016.
Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Shuxrat Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayzullaeva Nigora Yax’yaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diffuz toksik buqoqda davo taktikasini tanlashda genlar polimorfizmining ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diffuz toksik buqoq klinik belgilarining (qalqonsimon bez hajmining ortishi, vazn etishmovchiligi, oftal`mopatiya, yurak-qon tomir kasalliklari, nevrologik simptomlari) zo‘rayishi zardobda TTG miqdori pasayishi hamda tiroksin va triyodtironin miqdori ortishi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor diffuz toksik buqoq bilan kasallangan bemorlarda organizmidagi hujayralararo va tizimlararo o‘zaro bog‘liqlikni tartibga soluvchi yallig‘lanishga xos IL-6 sitokini va Th17-hujayraviy sitokinlarga xos IL-17A miqdorining keskin ortishi sababli muvozanatlashmagan gipersitokinemiya xolati aniqlangan;
ilk bor IL-17A genining (G197A, rs2275913) polimorf lokuslarining mavjudligi diffuz toksik buqoq rivojlanishi uchun xavf markeri A allel va gomozigot AA genotip darajasining ortishiga uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor diffuz toksik buqoqda tireoidektomiyadan so‘ng levotiroksin yordamida o‘rinbosar terapiya IL-17A genining G-197A polimorf markeri GG va GA genotiplari tashuvchilarida qoniqarli, AA genotip tashuvchilarida esa qoniqarsiz natija berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Immunologiya va inson genomikasi instituti ekspert kengashining 2023 yil 12 iyundagi PhD 5a-2/001–sonli xulosasiga ko‘ra:
kasallikning klinik belgilari, laborator ko‘rsatkichlari va ularning o‘zaro bog‘liqligi kasallikning prognozini, davolash samaradorligini va klinik kechishini baholashda muhim rol o‘ynaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand viloyati filialining 2022-yil 25 maydagi № 20-U-§2-sonli buyrug‘i). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diffuz toksik buqoq bilan og‘rigan bemorlarning o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan tibbiy va ijtimoiy yordamdan foydalanishi kasallikning natijasi va bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sog‘liqni saqlashning muhim strategiyasi, har qanday resurs bilan ta’minlash sharoitida diffuz toksik buqoqni erta tashxislash va kasallikni dastlabki bosqichlarida davolashni boshlash, qimmat va murakkab davolanishni oldini olish hisoblanadi. Xulosa: Qodirov Avaz Eshmamatovichning «Diffuz toksik buqoqda davo taktikasini tanlashda genlar polimorfizmining ahamiyati» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023-yil 7-martdagi     № 1-sonli ma’lumotnomasi.
IL-6 qalqonsimon bez epiteliy hujayralarining o‘sishi va funksiyasini modulyasiya qiladi, IL-17A kuchli yallig‘lanishga xos xususiyatga ega va og‘ir autoimmun patologiyani keltirib chiqaradi va ularni DTBni patogenezi va davolash uchun yangi nishon deb hisoblash mumkin. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand viloyati filialining 2022-yil 25-maydagi № 20-U-§2-sonli buyrug‘i). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diffuz toksik buqoq bilan og‘rigan bemorlarning o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan tibbiy va ijtimoiy yordamdan foydalanishi kasallikning natijasi va bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sog‘liqni saqlashning muhim strategiyasi, har qanday resurs bilan ta’minlash sharoitida diffuz toksik buqoqni erta tashxislash va kasallikni dastlabki bosqichlarida davolashni boshlash, qimmat va murakkab davolanishni oldini olish hisoblanadi.         Xulosa: Qodirov Avaz Eshmamatovichning «Diffuz toksik buqoqda davo taktikasini tanlashda genlar polimorfizmining ahamiyati» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023-yil 7-martdagi     № 1-sonli ma’lumotnomasi.
endogen, shu jumladan o‘ziga xos genetik, ekologik va boshqa xavf omillari Greyvs kasalligini keltirib chiqarishi yoki rivojlanishiga yordam berishi mumkin. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand viloyati filialining 2022-yil 15 maydagi № 19-U-sonli buyrug‘i). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diffuz toksik buqoq bilan og‘rigan bemorlarning o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan tibbiy va ijtimoiy yordamdan foydalanishi kasallikning natijasi va bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sog‘liqni saqlashning muhim strategiyasi, har qanday resurs bilan ta’minlash sharoitida diffuz toksik buqoqni erta tashxislash va kasallikni dastlabki bosqichlarida davolashni boshlash, qimmat va murakkab davolanishni oldini olish hisoblanadi. Xulosa: Qodirov Avaz Eshmamatovichning «Diffuz toksik buqoqda davo taktikasini tanlashda genlar polimorfizmining ahamiyati» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023-yil 7-martdagi     № 1-sonli ma’lumotnomasi.
tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati diffuz toksik buqoq bilan kasallangan bemorlarda immunitetning yallig‘lanishga xos sitokinlari miqdorini aniqlash asoslanganligi, IL-17A (rs2275913) va SYP3A5 (rs776746)  genlarining polimorf variantlari allel va genotiplari uchrashi darajasini aniqlash asoslanganligi va  farmakogenetik testlar asosida diffuz toksik buqoqli bemorlarni differensial davolash taktikasini ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand viloyati filialining 2022-yil 15-maydagi № 19-U-sonli buyrug‘i). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diffuz toksik buqoq bilan og‘rigan bemorlarning o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan tibbiy va ijtimoiy yordamdan foydalanishi kasallikning natijasi va bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sog‘liqni saqlashning muhim strategiyasi, har qanday resurs bilan ta’minlash sharoitida diffuz toksik buqoqni erta tashxislash va kasallikni dastlabki bosqichlarida davolashni boshlash, qimmat va murakkab davolanishni oldini olish hisoblanadi. Xulosa: Qodirov Avaz Eshmamatovichning «Diffuz toksik buqoqda davo taktikasini tanlashda genlar polimorfizmining ahamiyati» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023-yil 7-martdagi     № 1-sonli ma’lumotnomasi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish