Maxkamova Latofat Qobil qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Akrilonitrilning yangi xosilalarini olish texnologiyasi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1726.
Ilmiy rahbar: Mutalov Shuxrat Axmadjonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, professor; Muxitdinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: akrilonitrilning yangi binar sopolimerlarini olish usullarini ishlab chiqish va ularning xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akrilonitril bilan 1-xlor-3-piperidin-2-propilakrilat, 1-xlor-3-morfolin-2-propilakrilat va izogeksilmetakrilatlar asosida binar sopolimerlar sintez qilingan va jarayonning maqbul sharoitlari aniqlangan;
sopolimerlarning tarkibi, tuzilishi va tabiati hamda ularning, olingan sopolimer fizik-mexanik xossalariga ta’siri aniqlangan xamda polimerlarning fizik, kimyoviy va mexanik xosalari yaxshilanishi isbotlangan;
akrilonitril asosida olingan binar sopolimerlari termogravimetrik tahlil qilingan va issiqbardoshliligi ortgani aniqlangan;
sintez qilingan akrilonitril sopolimerlari asosida xo‘l usulda kimyoviy tolalar olingan va polimer zanjiriga yangi gidrofil va gidrofob guruhlarining kiritilishi tufayli tolalarning mexanik xususiyatlarining yaxshilanishi aniqlangan;
to‘yinmagan geterotsiklik va alifatik efirlar bilan akrilonitril asosida binar sopolimerlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Akrilonitril hosilalarini sintez qilish va olish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
akrilonitril-1-xlor-3-piperidin-2-propilakrilat sopolimeri ishlab chiqarish texnologiyasi «USKUNA SOZLASh SERVIC» MChJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («JIZZAX PLASTMASSA» aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 14 martdagi 07-03/072-son ma’lumotnoma). Natijada, sement tarkibiga qo‘shiluvchi binar sopolimer plastifikator olish imkonini bergan;
1-xlor-3-morfolin-2-propilakrilat va izogeksil-metakrilatning radikal sopolimerlanish texnologiyasi «Fuber side-plast» MChJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («JIZZAX PLASTMASSA» aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 14 martdagi 07-03/072-son ma’lumotnoma). Natijada, import qilinuvchi struktura hosil qiluvchilarni mahalliylashtirish imkonini bergan.