Muxiddinov Abdumalik Inoyatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sovid-19 kasalligida yurak qon tomir asoratlari xavfi bilan arterial gipertenziyaning avj olishi, klinik va genetik xususiyatlari», 14.00.05-Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1503.
Ilmiy raxbar: Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponenetlar: Abdullaev Ravshanbek Babajonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kenjaev Madjid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda arterial gipertenziyaning avj olishi, klinik va genetik xususiyatlari o‘rganish natijasida yurak-qon tomir tizimi asoratlarini oldini olish va ushbu bemorlarni olib borish taktikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arterial gipertenziya bilan kasallangan bemorlarda kasallikning turli davrlarida Covid-19 ning klinik kechish xususiyatlariga ta’siri taxlili 15,3% bemorlarda AGni yanada avj olishi va davolashga refrakterligi aniqlangan;
arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda Covid-19íèíã îg‘èð xavf omillari tana massasi indeksining oshishi, infeksion jarayonning boshlanishida oshqozon-ichak sindromining mavjudligi va gipertermiya darajasida febril reaksiya, intoksikatsiya sindromini tavsiflovchi klinik alomatlar ekanligi aniqlangan;
arterial gipertenziya bilan kasallangan bemorlar AGT geni Thr174 Met polimorfizm markerlarining T allelini tashishi AG rivojlanish xavfini oshirishi aniqlangan va genning prognostik ahamiyati isbotlangan;
ilk bor AG bilan kasallanganlarda AGTR-1 genining A1166S geterozigota polimorfizmining yuqori chastotada uchrashi AG xavfini oshirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 2-iyundagi 16-son xulosasiga ko‘ra:
arterial gipertenziya bilan kasallangan bemorlarda kasallikning turli davrlarid Covid-19 ning klinik kechish xususiyatlariga ta’siri taxlili 15,3% bemorlarda AGni yanada avj olishi va davolashga refrakterligi aniqlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: bu esa o‘z navbatida ularning yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavf guruhiligini va arterial gipertenziyani Covid-19ning kechishiga salbiy tasir etuvchi xavf omili ekanligini bildiradi. Ushbu guruh bemorlar uchun qon bosimini doimiy tarzda nazorat qilish va shu bilan birga dori vositalarining miqdorini belgilash eng muxim vazifalardan biri bo‘lib xisoblanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Covid-19 va arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda kasallik diagnostikasi va davolash natijalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyati Urgut tumani tibbiyot birlashmasida 19.08.2022 yildagi 51-sonli buyruq hamda Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasi bo‘limlarida 20.08.2022 yildagi 76-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi aholi o‘rtasida arterial gipertenziyaning xavf omillarini va komorbid holatlarni vaqtida aniqlash va bartaraf etish, davo muolajalarini individual tanlab berish bemorlarda kuzatiladigan asoratlarni oldini olishga va davo samarasini oshirishga, bemorlar turmush sifatini yaxshilashga va kasallik zo‘rayib borish ko‘rsatkichlarining kamayishi imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: arterial gipertenziya bilan kasallangan bemorlarda kasallikning turli davrlarida Covid-19ning klinik kechish xususiyatlariga ta’siri taxlili bemorlarda AGni yanada avj olishi va davolashga refrakterligi aniqlash natijasida 1 nafar bemor uchun 1 400 000 so‘m iqtisod qilindi. Ushbu xolatda o‘rtacha 3 nafar bemorda iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy ko‘rsatqich 4 200 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: ushbu xolatda aytib o‘tilgan davolash taktikasining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2 625 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 575 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: "Covid-19 kasalligida yurak qon tomir asoratlari xavfi bilan arterial gipertenziyaning avj olishi, klinik va genetik xususiyatlari" mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori tomonidan 2022 yil 22-avgustdagi 2602-sonli xat yuborilgan.
arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda Covid-19ning og‘ir xavf omillari tana massasi indeksining oshishi, infeksion jarayonning boshlanishida oshqozon-ichak sindromining mavjudligi va gipertermiya darajasida febril reaksiya, intoksikasiya sindromini tavsiflovchi klinik alomatlar ekanligi aniqlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: bu esa ularning ushbu bemorlarda Covid-19ning kechishiga salbiy tasir etuvchi xavf omili ekanligidan darak beradi. Ushbu guruh bemorlar uchun yuqorida keltirilgan xavf omillarini bartaraf qilish va shuningdek ularni nazorat qilish eng muxim vazifalardan biri bo‘lib xisoblanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Covid-19 va arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda kasallik diagnostikasi va davolash natijalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyati Urgut tumani tibbiyot birlashmasida 19.08.2022 yildagi 51-sonli buyruq hamda Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasi bo‘limlarida 20.08.2022 yildagi 76-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi; • asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlar davolashdan keyingi reabilitasiya tez amalga oshadi va faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytaradi; • ushbu kasallika chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 1 500 000 so‘m iqtisod qilindi (xar xil tekshiruv amaliyotlari paytida kasallik rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemorlarning 25% (30 dan 7ta bemorlar) AG bilan kasallangan bemorlar shifoxonaga yotishi va davolashni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini 10 500 000 (7 nafar bemor uchun) sumga iqtisod qiladi). Xulosa: ushbu xolatning amaliyotga joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 7 035 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 3 465 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: " Covid-19 kasalligida yurak qon tomir asoratlari xavfi bilan arterial gipertenziyaning avj olishi, klinik va genetik xususiyatlari" mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori tomonidan 2022 yil 22-avgustdagi 2602-sonli xat yuborilgan.

ilk bor AG bilan kasallanganlarda AGTR-1 genining A1166C geterozigota polimorfizmining yuqori chastotada uchrashi AG xavfini oshirishi asoslangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: shunga mos ravishda genetik tekshiruvlar kasallikning rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlarni aniqlashga imkon berdi. Kasallik rivojlanishining genetik xavfi yuqori bo‘lgan odamlarni aniqlash kasallikning rivojlanishi uchun o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan xavf omillariga ta’sir qiluvchi differensial, erta profilaktika choralariga va terapevtik chora-tadbirlarni individuallashtirishga imkon yaratdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Covid-19 va arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda kasallik diagnostikasi va davolash natijalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyati Urgut tumani tibbiyot birlashmasida 19.08.2022 yildagi 51-sonli buyruq hamda Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasi bo‘limlarida 20.08.2022 yildagi 76-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • bemorlarni davolash samaradorligini oshirish natijasida AG bilan kasallangan bemorlarda bemorlarning kundalik xayot faoliyati yaxshilanadi va kasalxonaga yotib davolanish kunini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • davolanishdan keyingi kasallik avj olishini oldini olish choralarini belgilaydi; ushbu davolanishdan keyin bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: • bemorning shifoxonada qolish muddatini 8,3 kundan 5,2 kunga (3 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 486 ming so‘mga kamaytirdi (preyskurantga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 162.000 so‘mni tashkil qiladi); • shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 420 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 140 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 1 ta bemor xisobidan 1 kunga 302 000 so‘mni, 3ta bemor xisobiga esa 1 kunga 906 000 sumni tashkil etadi. Bu esa uz navbatida yil davomida yuqori iqtisodiy samaradorlikka olib keladi. Xulosa: yangi tekshiruv usulini joriy qilinishi 3 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1-kun xisobiga 906 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 300 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: "Covid-19 kasalligida yurak qon tomir asoratlari xavfi bilan arterial gipertenziyaning avj olishi, klinik va genetik xususiyatlari" mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori tomonidan 2022 yil 22-avgustdagi 2602-sonli xat yuborilgan.