Kurbanov Sherzod Muratkobilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Hayot va sog‘liq bilan bog‘liq residiv og‘ir jinoyatlarga qarshi kurashish”, 12.00.08 -“Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu806.
Ilmiy rahbar: Taxirov Farxod, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Urazaliev Murod Qoraevich, yuridik fanlar doktori, professor; Karaketova Dilnoza Yuldashevna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda hayot va sog‘liq bilan bog‘liq residiv og‘ir jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha ilmiy-nazariy xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“jinoyatning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralari” tushunchasiga “kelgusida jinoyat sodir etishining oldini olishga qaratilgan huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy, tarbiyaviy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlar majmui” mazmunida mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan;
jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi sodir etilgan jinoyat holati bo‘yicha – jinoyat sodir etilgan hududdagi mahallada jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kundan boshlab uch kun ichida, jinoyat sodir etgan shaxs bo‘yicha – uning yashash joyidagi mahallada sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi ichki ishlar organlariga kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida o‘tkazish lozimligi asoslab berilgan;
jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishning asosiy vazifalari sifatida jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek, jinoyatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va fuqarolarning jinoyatdan jabrlanish xavfini kamaytirish (viktimologik profilaktika)ni belgilash zarurati asoslab berilgan;
jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishning asosiy vazifalari sifatida jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni o‘rganish, aniqlash va bartaraf etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, jinoyatdan jabrlanuvchini, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan, jinoyat sodir etgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish choralarini kuchaytirishni belgilash asoslab berilgan.  
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hayot va sog‘liq bilan bog‘liq residiv og‘ir jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida quyidagilar ishlab chiqildi va joriy etildi:
“jinoyatning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralari” tushunchasiga “kelgusida jinoyat sodir etishining oldini olishga qaratilgan huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy, tarbiyaviy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlar majmui” mazmunida berilgan ta’rif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentyabrdagi 565-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risida nizomining 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 iyundagi 3/23-5-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda joriy etilishi “jinoyatning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralari” tushunchasini mazmunini ochib berishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasining birinchi qismidagi «ruhiy kasalga chalinishga yoki umuman sog‘lig‘i buzilib» degan so‘zlarni «ruhiy holatining buzilishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda buzilishiga» degan so‘zlar bilan almashtirish yuzasidan taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 12 sentyabrdagi “Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-567-son qonunining “Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash” nomli 96-moddasini 12-qismida keltirib o‘tilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 yil 21 iyun` kunidagi 666-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda joriy etilishi jinoyat qonunchiligini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek, jinoyatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va fuqarolarning jinoyatdan jabrlanish xavfini kamaytirish (viktimologik profilaktika)ni jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishning asosiy vazifalari sifatida belgilash yuzasidan taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentyabrdagi 565-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risida nizomining 4-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 iyundagi 3/23-5-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda joriy etilishi jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi sodir etilgan jinoyat holati bo‘yicha – jinoyat sodir etilgan hududdagi mahallada jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kundan boshlab uch kun ichida, jinoyat sodir etgan shaxs bo‘yicha – uning yashash joyidagi mahallada sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi ichki ishlar organlariga kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida o‘tkazish yuzasidan taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentyabrdagi 565-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risida nizomining 6-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 iyundagi 3/23-5-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda joriy etilishi jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasini sodir etilgan jinoyat holati bo‘yicha hamda jinoyat sodir etgan shaxs bo‘yicha ko‘rib chiqish muddatlarini belgilashga xizmat qilgan;
jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni o‘rganish, aniqlash va bartaraf etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, jinoyatdan jabrlanuvchini, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan, jinoyat sodir etgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish choralarini kuchaytirishni jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishning asosiy vazifalari sifatida belgilash yuzasidan taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentyabrdagi 565-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risida nizomining 4-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 iyundagi 3/23-5-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda joriy etilishi jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishning asosiy vazifalarini belgilashda xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish