Akrambaev Xasan Mamadjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Harbiy fanlarni o‘qitish jarayonida tinglovchilarni milliy iftixor ruhida tarbiyalashni takomillashtirish (ichki ishlar vazirligi malaka oshirish instituti misolida), 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped339.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Isyanov Ravil Gennadievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori professor; Allayarov Ashraf Dauletiyarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi harbiy fanlarni o‘qitish jarayonida tinglovchilarni milliy iftixor ruhida tarbiyalashni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy fanlarni o‘qitish jarayonida tinglovchilarni milliy iftixor ruhida tarbiyalash imkoniyatlari refleksiv-kognitiv, shaxsiy-kasbiy, ijtimoiy-madaniy kompetentlilikni rivojlantirishga qaratilgan ilg‘or texnologiyalar bilan o‘z-o‘zini rivojlantirishning ta’sirchanligini ta’lim mazmuniga ko‘ra intensiv yaxlitlash asosida aniqlangan;
harbiy fanlarni o‘qitish jarayonida tinglovchilarni milliy iftixor ruhida tarbiyalash jarayoni kommunikativlik darajasini oshirishga qaratilgan yangi axborotlar bilan ishlash, o‘zini-o‘zi rivojlantirish hamda milliy va umummadaniy tayanch harbiy bilimlarning me’yoriy-tizimli infratuzilmasini innovatsion ta’lim muhitiga ratsional moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
harbiy fanlarni o‘qitish jarayonida tinglovchilarni milliy iftixor ruhida tarbiyalash modeli kasbga oid tarbiyaviy loyihalarni diagnostik modellashtirish va o‘quv-harbiy mashg‘ulotlarni ta’limiy maqsadlariga ko‘ra didaktik loyihalash asosida takomillashtirilgan;
tinglovchilarni milliy iftixor ruhida tarbiyalashni baholash samaradorligi harbiy intizom, ma’naviy tarbiyalanganlik, ideallarga mos yo‘nalganlik, iftixor tuyg‘usini muntazam ravishda oshirib borish hamda ijtimoiy faollik va tashabbuskorlik sifatlarini kompleks yaxlitlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Harbiy fanlarni o‘qitish jarayonida tinglovchilarni milliy iftixor ruhida tarbiyalashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
harbiy fanlarni o‘qitish jarayonida tinglovchilarni milliy iftixor ruhida tarbiyalash imkoniyatlari refleksiv-kognitiv, shaxsiy-kasbiy, ijtimoiy-madaniy kompetentlilikni rivojlantirishga qaratilgan ilg‘or texnologiyalar bilan o‘z-o‘zini rivojlantirishning ta’sirchanligini ta’lim mazmuniga ko‘ra intensiv yaxlitlash asosida aniqlashga oid tavsiyaar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 3 iyundagi 02-07-2061/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ichki ishlar organlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash va ularning kasbiy bilimlari darajasini oshirishga sharoit yaratilgan;
harbiy fanlarni o‘qitish jarayonida tinglovchilarni milliy iftixor ruhida tarbiyalash jarayoni kommunikativlik darajasini oshirishga qaratilgan yangi axborotlar bilan ishlash, o‘zini-o‘zi rivojlantirish hamda milliy va umummadaniy tayanch harbiy bilimlarning me’yoriy-tizimli infratuzilmasini innovatsion ta’lim muhitiga ratsional moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 3 iyundagi 02-07-2061/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ichki ishlar organlari xodimlariga xizmatdan ajralmagan holda kasbiy bilimlar berish imkoni kengaytirilgan;
harbiy fanlarni o‘qitish jarayonida tinglovchilarni milliy iftixor ruhida tarbiyalash modeli kasbga oid tarbiyaviy loyihalarni diagnostik modellashtirish va o‘quv-harbiy mashg‘ulotlarni ta’limiy maqsadlariga ko‘ra didaktik loyihalash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 3 iyundagi 02-07-2061/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ichki ishlar organlari xodimlariga xizmatdan ajralmagan holda kasbiy bilimlar berish, ularning ekstremal vaziyatlarda maxsus taktik tayyorgarligini oshirish orqali milliy iftixorini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
tinglovchilarni milliy iftixor ruhida tarbiyalashni baholash samaradorligi harbiy intizom, ma’naviy tarbiyalanganlik, ideallarga mos yo‘nalganlik, iftixor tuyg‘usini muntazam ravishda oshirib borish hamda ijtimoiy faollik va tashabbuskorlik sifatlarini kompleks yaxlitlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 3 iyundagi 02-07-2061/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada yoshlarda malaka oshirish institutiga o‘qishga kirish, ichki ishlar organi xodimi bo‘lishdan g‘urur hissini shakllantirish va milliy iftixor ruhida tarbiyalashni takomillashtirish samaradorligi oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish