Sayt test rejimida ishlamoqda

Kaypnazarov Turdibay Nzamatdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi):  Astragalus turkumiga mansub A. filicaulis, A. janiss’hewskyi, Tragacantha stipulosa o‘simliklarining sikloartan glikozidlari va ularning biologik faolligi», 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/K264.
Ilmiy rahbar: Ramazonov Nurmurod Sheraliyevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Nishanbaev Sabir Zaripbaevich, kimyo fanlari doktori; Shomurodov Shavkat Abdug‘anievich, kimyo fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston florasida o‘suvchi Fabaceae oylasiga tegishli Astragalus turkumiga mansub Tragacantha stipulosa Boriss, Astragalus filicaulis Kar. et Kir., Astragalus janischewskyi Popov o‘simliklaridan sikloartan qatoriga mansub triterpenoidlarni ajratib olish, ularning kimyoviy tuzilishi hamda biologik faolliklarini tadqiq qilish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk marotaba Tragacantha stipulosa, A. filicaulis va A. janischewskyi o‘simlik turlari er ustki qismidan 15 ta sikloartan moddalari ajratib olingan, ularning kimyoviy tuzilishlari fizik-kimyoviy tadqiqot usullari yordamida tasdiqlangan;
Tragacantha stipulosa o‘simlik turidan 8 ta sikloartan birikmalar ajratib olingan, ushbu birikmalarning 3 tasi adabiyotlarda ma’lum bo‘lmagan yangi tabiiy modda ekanligi aniqlangan;
A. filicaulis o‘simlik turidan 2 ta sikloartan qatori triterpenoidlar birinchi marta individual holda ajratib olingan;
Ilk marta marta A. janischewskyi o‘simligidan 5 ta sikloartan moddasi ajratib olingan;
yuqorida keltirilgan o‘simliklardan birinchi marta ajratib olingan 12 ta birikmaning tuzilishlari identifikatsiya qilingan;
A. filicaulis va A. janischewskyi o‘simliklari sikloartanlar yig‘masi kardiotrop xususiyatga ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tragacantha stipulosa, A. filicaulis va A. janischewskyi o‘simliklarining sikloartan qatori triterpenoidlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Texnik oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan, laboratoriya sharoitida o‘simliklardan ajratilgan hamda sintetik moddalar bilan har xil reaksiyalarni o‘tkazish usullari, nazariy tushunchalar batafsil yoritilgan, har bir mavzudan keyin savol va topshiriqlar keltirilgan “Organik kimyo” o‘quv qullanmasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ruxsatnomasi 2022 yil “13” maydagi “166” –sonli buyruq) chop etilgan. Natijada, 5630100 shifrdagi “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” yo‘nalishidagi o‘quv dasturini ma’lumotlar bilan to‘ldirish imkonini bergan;
Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida chop qilingan ilmiy maqolalarga Scopus bazasiga kiritilgan Impact Factor yuqori bo‘lgan Natural Product Repors, 2005, V. 22, 487-503, Sci Journal, IF 13.479, Phytochemistry, 2010, V. 71, 2182-2186, Sci Journal, IF 3.992, Tetrahedron, V. 64, 5061-5071, Sci Journal, IF 2.393, va Journal of Asian Natural Producs Research, 2022, V. 24, 884-890, Sci Journal, IF 1.466 jurnallarida havolalar keltirilgan. Natijada, mutaxassislarga Astragalus turkumi o‘simliklarining kimyoviy tarkibi haqidagi ma’lumotlar olish imkoni yaratilgan;
Tragacantha stipulosa, A. filicaulis va A. janischewskyi o‘simliklaridan ajratilgan sikloartan qatori triterpenoidlarining va so‘nggi 10 yillik davrda o‘simliklardan ajratib olingan 100 tadan ortiq sikloartan qatori triterpen birikmalarining tuzilishlarini isbotlashda qo‘llanilgan birlamchi va ikkilamchi YaMR spektr ma’lumotlari hamda bu o‘simliklarning biologik faolligi haqida ma’lumotlar keltirilgan T.N. Kaypnazarov, T.X. Naubeev, K.K. Uteniyazov, N.Sh. Ramazonov avtorligida “Sikloartan triterpenoidlari” nomli monografiyaning chop etilishi (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Kengashida 2023 yil 6 yanvardagi №5/4.5 son bayonida ko‘rib chiqilgan va bosmaga tavsiya qilingan) natijasida tabiiy birikmalar kimyosi sohasini yangi ma’lumotlar bilan boyitish imkonini bergan;
Astragalus turkumi o‘simliklarining sikloartan qatori triterpenoidlarini farmakologik xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida O‘zR intellektual mulk Agentligining ixtiro patentiga “Antikoagulyant vositani olish usuli” nomli ariza (IAP № 0295, 2023) topshirilgan. Olingan natijalar kelgusida qon ivishiga qarshi samarali yo‘naltirilgan ta’sirga ega dori vositasi yaratilishi uchun asos bo‘lishi mumkin.

Yangiliklarga obuna bo‘lish