Pazilov Tore Arzievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qoraqalpoq folklori namunalaridan foydalanishni takomillashtirish (Qoraqalpoq sinflari misolida)»,13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3418.
Ilmiy rahbar: Tilegenov Asqarbay Tolegenovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qoraqalpoq folklori namunalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq fol’klori materiallarini o‘rganish asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik-psixologik imkoniyatlari kichik maktab yoshiga xos ahloqiy va ijtimoyi motivlarning “makonga yonalganlik” tuygusi bilan bevosita integrativligini hisobga olgan holda aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf oquvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida qoraqalpoq fol’klori namunalarini “tanlash, tasniflash, tahlil qilish” algoritmiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash modelining amaliy komponenti juftliklarda, guruh va jamoaviy tarzda ahloqiy dilemaga asoslangan oquv vaziyatlarini didaktik loyihalash orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari adabiy savodxonlik, oqish va matnni tushinish konikmalarini rivojlantirishga qaratilgan terapevtik va eksperimental suhbat shakllarining intensiv ta’sirchanligini taminlash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qoraqalpoq fol’klori namunalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq fol’klori materiallarini o‘rganish asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik-psixologik imkoniyatlari kichik maktab yoshiga xos ahloqiy va ijtimoyi motivlarning “makonga yonalganlik” tuygusi bilan bevosita integrativligini hisobga olgan holda aniqlashtirilgan materiyallaridan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpoǵiston filialida bajarilgan F3-2016-09081165532 raqamli «Qoraqalpoq tilining yangi al’faviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston filialining 2022 yil 28 oktyabrdagi 299-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq folʻklori namunalaridan foydalanish asosida boshlangʻich sinf o‘quvchilarida vatanparvarlik tushunchasining rivojiga ta’sir etuvchi imkoniyatlar aniqlashtirilgan va takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf oquvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida qoraqalpoq fol’klori namunalarini “tanlash, tasniflash, tahlil qilish” algoritmiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash modelining amaliy komponentini juftliklarda, guruh va jamoaviy tarzda ahloqiy dilemaga asoslangan oquv vaziyatlarini didaktik loyihalash orqali takomillashtirilgan materiyallari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi umumta’lim maktablaridagi boshlangʻich sinf o‘quvchilarini dars jarayonida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 6 dekabrdagi 01-01/5-4223-son ma’lumotnomasi). Natiyjada dars jarayonida boshlangʻich sinf o‘quvchilarida vatanparvarlik fazilatlari, umummadaniy kompetensiyalar, xalq an’analari vositasi indikatorlari asosida boshlangʻich sinf o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash an’analarining imkoniyatlari o‘quvchilar tarbiyasidagi taraqqiyotining ilgʻor tajribalariga asoslangan holda takomillashtirilgan.
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari adabiy savodxonlik, oqish va matnni tushinish konikmalarini rivojlantirishga qaratilgan terapevtik va eksperimental suhbat shakllarining intensiv tasirchanligi takomillashtirishga doyr takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Pedagogika ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpogʻiston filiali tomonidan bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston filialining 2022 yil 28 oktyabrdagi 298 sonli ma’lumotnomasi). Natijada boshlangʻich sinf o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda zamonaviy usulda tashkil etiladigan o‘quv va amaliy vaziyatlar (o‘rgatish, ishontirish, shakllantirish) mohiyatini ochib berishda takomillashtirilgan.