Dagarov Bekzod Muzaffar o‘g‘lining iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish jarayonlarini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1916.
Ilmiy rahbar: Ostonokulov Azamat Abdukarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Menglikulov Baxtiyor Yusupovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: auditorlik tekshiruvini o‘tkazish jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
auditorlik tekshiruvini tizimli tashkil etish hamda samarali o‘tkazilishini ta’minlash uchun auditning etti bosqichli “shartnoma ˗ xulosa” algoritmi taklif etilgan;
moliyaviy hisobot auditi jarayonida auditorga nazorat shakllari va usullarini mustaqil belgilash, mulk, mablag‘ va majburiyatlarning amaldagi holatiga oid hujjatlarni to‘liq hajmda o‘rganish vakolatini berish taklif etilgan;
auditorlik tashkilotlari tomonidan audit natijalari va xulosalariga oid hujjatlarni saqlashni kamida besh yil etib belgilashning zarurligi asoslangan;
auditorlik tashkilotining shtatida soliq maslahatchisi mavjud bo‘lganda soliqqa oid qonunchilikni qo‘llash, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblar, deklaratsiyalar tuzish yuzasidan maslahatlar berishni auditning professional xizmatlari tarkibiga kiritish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
auditorlik tekshiruvini tizimli tashkil etish hamda samarali o‘tkazilishini ta’minlash uchun auditning etti bosqichli “shartnoma ˗ xulosa” algoritmini qo‘llash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan auditorlik tekshiruvi jarayonlariga oid metodik qo‘llanmalarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2023 yil 26 yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada auditorlik tekshiruvini o‘tkazishning barcha bosqichlari yaxlit tizimga keltirilib, audit jarayonining mazkur bosqichlarida bajariladigan usul va amallarni aniq belgilab olish, auditorlik tekshiruvini sifatli o‘tkazish imkoniyati yaratilgan;
moliyaviy hisobot auditi jarayonida auditorga nazorat shakllari va usullarini mustaqil belgilash, mulk, mablag‘ va majburiyatlarning amaldagi holatiga oid hujjatlarni to‘liq hajmda o‘rganish vakolatini berish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 25 fevraldagi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-677-son Qonunining 28-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati “Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari” qo‘mitasining 2022 yil 30 dekabrdagi 05-10/3371-son ma’lumotnomasi). Natijada auditorga audit jarayonlarida nazorat shakllari va usullarini mustaqil belgilash hamda mulk, mablag‘ va majburiyatlarning amaldagi holatiga oid dalillarni keng miqyosda o‘rganish imkoniyati yaratilgan.
auditorlik tashkilotlari tomonidan audit natijalari va xulosalariga oid hujjatlarni saqlashni kamida besh yil etib belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 25 fevraldagi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-677-son Qonunining 29-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati “Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari” qo‘mitasining 2022 yil 30 dekabrdagi 05-10/3371-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotda auditorlik tekshiruvi natijalari va xulosalarining nusxalarini auditorlik tashkilotida aniq muddat va tartib asosida saqlash imkoniyati ta’minlangan;
auditorlik tashkilotining shtatida soliq maslahatchisi mavjud bo‘lganda soliqqa oid qonunchilikni qo‘llash, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblar, deklaratsiyalar tuzish yuzasidan maslahatlar berishni auditning professional xizmatlari tarkibiga kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 25 fevraldagi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-677-son Qonunining 33-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati “Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari” qo‘mitasining 2022 yil 30 dekabrdagi 05-10/3371-son ma’lumotnomasi). Natijada auditorlik tashkilotlari tomonidan soliqqa oid qonunchilikni qo‘llash, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblar, deklaratsiyalar tuzish yuzasidan maslahatlar berish bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish