Qurbonov Azizali Ilhomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nasos stansiyalaridagi suv keltirish kanallari bosh tindirgichlarining samaradorligini oshirish (Qarshi magistral kanali misolida)”, 05.09.07- Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2. PhD/T3544
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Norqulov Behzod Eshmirzaevich, (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Maxmudov Ernazar Jumaevich, texnika fanlari doktori, dotsent Nosirov Faxriddin Jaylovovich
Yetakchi tashkilot – O‘zbekiston milliy universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi: nasos stansiyalarining ekspluatatsion xususiyatlarini inobatga olgan holda suv keltirish kanallari bosh tindirgichlarining ishlash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv keltirish kanalida loyqa oqiziqlarni tashuvchanlik qobiliyati, fraksion tarkibi va tozalash usulini inobatga olib bosh tindirgichning daryoga nisbatan joylashish o‘rnining gidravlik sxemasi ishlab chiqilgan;
nasos stansiyalarining ish rejimini inobatga olib suv keltirish kanalidagi bosh tindirgich o‘zanining gidravlik parametrlarini tanlash usuli ishlab chiqilgan;
suv keltirish kanaliga kanal uzunligi bo‘yicha loyqa oqiziqlarni cho‘kish dinamikasini aniqlash usuli daryodan kirib kelayotgan loyqa oqiziqlar sarfi va hajmini inobatga olib ishlab chiqilgan;
suv keltirish kanalda oqimning harakati dinamikasini tavsiflovchi ikki o‘lchamli matematik model asosida loyqa oqiziqlarni tindirgich bo‘yicha bo‘ylama taqsimlanishi va to‘lish muddatini aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nasos stansiyalariga suv keltirish kanalida oqimning loyqa oqiziqlarni tashuvchanlik qobiliyatini va fraksion tarkibini inobatga olib tindirgichning konstruktiv parametrlari takomillashtirish, oqimda barqaror va beqaror harakat inobatga olib qirg‘oqning mahalliy eroziyasini yuzaga keltiruvchi omillarning gidravlik sxemalar ishlab chiqish hamda suv keltirish kanallarida oqimning xarakatini matematik modeli orqali loyqa oqiziqlarni buylama taqsimlanishini bashorat qilish usulini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-nazariy va uslubiy asoslari bo‘yicha muayyan natijalar olinib, quyidagi taklif va tavsiyalar amaliyotga joriy etilgan:
dala tadqiqotlari natijasida nasos stansiyalariga keltirish kanali uzunligi bo‘yicha loyqa oqiziqlarni cho‘kish dinamikasini aniqlash usuli ishlab chiqilgan. Natijada o‘zandagi jarayonlarini baholash hamda zemsnaryadlar ishlatish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 1-iyuldagi NE07522772-son ma’lumotnomasi).
nasos stansiyasi suv keltirish kanalining ekspluatatsion rejimini inobatga olgan xolda tindirgichning konstruktiv parametrlari takomillashtirilgan. Natijada nasos stansiyasining ishonchliligi va samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan.
eksperimental tadqiqotlar natijasida nasos stansiyasi suv keltirish kanalidagi tindirgichning uzunligi bo‘yicha loyqa oqiziqlarning xarakat dinamikasi va tozalash muddatini aniqlash imkonini beradigan gidravlik usul ishlab chikilgan. Natijada tindirgichlarni tez va qulay tozalash imkoniyati yaratilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022- yil 1- iyuldagi NE07522772-son ma’lumotnomasi).
A.Qurbonovning dissertatsiya ishi “Qarshi magistral kanali nasos stansiyasiga suv keltirish sohasidagi o‘zandagi jarayonlarni rostlash hamda zemsnaryadlarni ishlatish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish” mavzusidagi (№25/2021-sonli xo‘jalik shartnomasi),“Qarshi magistral kanali 1-sonli nasos stansiyasiga suv keltirish sohasidagi o‘zandagi jarayonlarini baholash hamda zemsnaryadlar va nasos stansiyasi agregatlarini ishlatish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish” (26/2021-sonli xo‘jalik shartnomasi) mavzularidagi tajriba konstruktorlik hamda Amu-Buxoro mashina kanali Olot tumani boshqarmasida (2022-yil 10-maydagi tadbiq dalolatnomasi) ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida bajarilib, berilgan tavsiya va xulosalari amaliyotga muayyan darajada joriy qilingan.