Matvapaev Azizbek Gaibnazar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
“Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi. (pedagogika fanlari).
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2688.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
    Ilmiy rahbar: Utebaev Tadjibay Telemuradivich, pedagogika fanlari doktori, professor.    
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktor, dostent; Muqimov Ma’ruf Olimovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak  jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetetntligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan ibarat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak  jismoniy tarbiya o‘qituvchisini kasbiy tayyorlash tendensiyalari orqali ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari va omillarini kasbiy ehtiyojlarga mos ravishda relaksopediya (talabaga ruhiy va jismoniy toliqishlarni bartaraf etishga qaratilgan pedagogik faoliyat)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
maxsus fanlarni o‘rgatish va 4+2 shaklidagi pedagogik amaliyot jarayonlarida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisining  kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari individual ta’lim traektoriyalarini adaptiv qo‘llash hamda baholash mezon va ko‘rsatkichlarini takomillashtirish orqali ularning o‘zaro integrativ samaradorligini ta’minlashga erishish mumkinligi asoslangan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasi tushunchasi mazmunini aniqlashtirish, tarkibiy komponentlarini rivojlantirish metod, shakl va vositalarini takomillashtirish usullari ishlab chiqilgan;
kompetentsiyaviy yondashuvga ko‘ra bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisining  kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modelining amaliy-texnologik jihatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak jismoniy tarbiya  o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak  jismoniy tarbiya o‘qituvchisini kasbiy tayyorlash tendensiyalari va muammolarini tizimlashtirish orqali ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari va omillarini kasbiy ehtiyojlarga mos ravishda relaksopediya (talabaga ruhiy va jismoniy toliqishlarni bartaraf etishga qaratilgan pedagogik faoliyat)ga  ustuvorlik berishga doir taklif va tavsiyalar taklif va tavsiyalar Yo0-A1-009 raqamli “Oliy taʼlim muassasalaridagi fanlarni oʼqitishning metodik sistemasini ishlab chiqish va shu asosida innovatsion elektron oʼquv-uslubiy majmuasini yaratish” (2017-2018 yy.) amaliy loyihasini bajarilishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022-yil 15-sentyabrdagi 02-08-2133/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan malaka talablari kasbiy kompetensiyalar tizimi asosida boyitilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasi tushunchasi mazmunini aniqlashtirish, tarkibiy komponentlarini rivojlantirish metod, shakl va vositalarini takomillashtirishga doir takliflar YoA-1-012 raqamli “Uzlyuksiz taʼlim yangi avlod oʼquv adabiyotlari va uning elektron darsligini yaratishning metodikasi (“Oʼqitish texnologiyalari va loyihalashtirish” fani misolida)” (2016-2017 yy.) amaliy loyihasini bajarilishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022-yil 15-sentyabrdagi 02-08-2133/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi fanining didaktik ta’minoti  samaradorligiga erishilgan;
maxsus fanlarni o‘rgatish va 4+2 shaklidagi pedagogik amaliyot jarayonlarida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisining  kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari  individual ta’lim traektoriyalarini adaptiv qo‘llash hamda baholash mezon va ko‘rsatkichlarini takomillashtirish orqali ularning o‘zaro integrativ samaradorligini ta’minlashga oid takliflar 2017-2020 yillarda bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog'iston bo‘limining 2023-yil 18-apreldagi 193-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalari kasbiy kompetentligining takomillashishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish