Maxammadiev Zafar Oblakulovich
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Uzun tolali paxta xomashyosini valikli jinlashning yuqori ish unumdorligidagi texnologiyasini yaratish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T517
Ilmiy rahbar: Xakimov Sherqul Sherg‘ozievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Usmonqulov Alisher Qodirqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Abdulhaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta xomashyosini valikli jinlash samaradorligini oshiruvchi takomillashgan texnologiyani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
valikli jin mashinasining ish unumdorligini oshiruvchi arrali silindr, arrachali baraban va plankali barabanlar qo‘llash orqali regeneratsiyalash bo‘linmasining yuqori samarali resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan;
valikli jin ishchi maydonidan chiqqan chigitning qo‘zg‘almas pichoq qiya yuzasi bo‘ylab harakatlanib, arrachali baraban tishlari bilan kontaktga kirishish oralig‘idagi harakatining nazariy bog‘lanishlari ishlab chiqilgan, qiya yuza burchagi da chala jinlangan chigitlarning arrachali baraban bilan ilashtirib olinishining yuqori kinematik sharoiti ta’minlanganligi aniqlangan;
Chigitning arrachali baraban garniturasidan birinchi kolosnikkacha bo‘lgan harakat traektoriyasini tahlili asosida arrachali baraban ostidagi kolosnikli panjaraning birinchi kolosnigi bilan qo‘zg‘almas pichoq qirg‘og‘i orasidagi masofa 10 mm bo‘lishi aniqlangan, bu tukdor chigitlarning arrachali baraban bilan qayta ta’sirlashishini va jarayonning tezlashishini ta’minlashi aniqlangan;
takomillashgan regeneratsiya bo‘linmasidagi arrali, arrachali va plankali barabanlarning aylanishlar tezliklari, diametrlari va kolosnikli panjaradagi kolosniklarning joylashish parametrlarining ratsional qiymatlari to‘la faktorli tajribaning kichik kvadratlar usuli yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani jinlash samaradorligini oshirish imkoniyatini beruvchi ishlab chiqilgan ilmiy va tajribaviy natijalar asosida:
kombinatsiyalashgan ishchi organlarga ega jinlash agregatiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Valikli jin», №FAP 01533–2021y). Natijada bunday valikli jinlarni qo‘llanilishida paxtani jinlash samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
takomillashgan regeneratsiya bo‘linmasi asosidagi valikli jin mashinasi “O‘zbekiston Raxta-To‘qimachilik Klasterlar” uyushmasi tasarrufiga kiruvchi korxonalarda, jumladan “HAZARASP TEXTIL” MChJ ga qarashli paxta tozalash korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Raxta-To‘qimachilik Klasterlar uyushmasini 2022 yil 15-avgustdagi №18/2022-son ma’lumotnomasi). Natijada paxtani jinlash samaradorligini 25÷30% ga oshirish, toladagi iflosliklar miqdorini 1.5-2 % ga kamaytirish, regeneratsiya bo‘limidagi tiqilishlar 35-40 % kamayish imkoniyati yaratilgan.