Raxmonov Azamat Ruzvonovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish,” 13.00.01- Pedagogiika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1541.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Mamat Eshqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc. 03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy oponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari milliy g‘oya targ‘ibotining modellashtirilgan amaliy mexanizmlarini zamonaviy pedagogik paradigmalarga qadriyatlilik tamoyili orqali implementatsiya qilish asosida aniqlashtirilgan;
yoshlarning milliy iftixor tuyg‘usini rivojlantirishning innovatsion mexanizmlari va targ‘ibot texnologiyalariga asoslangan modeli shaxsga ta’sir etish usullarini universallik, moslashuvchanlik darajalarida talabalarning akademik faoliyatiga dialektik aloqadorlikda kiritish asosida konseptual-metodologik jihatdan takomillashtirilgan;
milliy iftixor tuyg‘usini rivojlantirish mexanizmlaridan foydalanish metodikasi yoshlarning individual ta’lim makonini milliy g‘oyani o‘qitishning kognitiv, shaxsiy, madaniy, kompetentlik kabi zamonaviy tamoyillari bilan intensiv ta’sirchanlik xususiyatlarni inobatga olgan holda integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda milliy iftixor tuyg‘usining rivojlanganligini baholash mezonlari geosiyosiy maydonda axborotlardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatuvchi muammoli ish turlarini shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv muhitida tarbiyaviy-axloqiy ta’sir ustuvorligiga ko‘ra metodik jihatdan tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqotning natijalarini joriy qilinishi. Talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
milliy g‘oya targ‘ibotining modellashtirilgan amaliy mexanizmlarini zamonaviy pedagogik paradigmalarga qadriyatlilik tamoyili orqali implementatsiya qilish asosida aniqlashtirilgan talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, muammoning ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari, milliy iftixor tuyg‘usini rivojlantirishning ilmiy va amaliy ahamiyati borasidagi taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika unversitetida bajarilgan KA-1-003 raqamli “Yoshlarda vatanparvarlik dunyoqarashini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (Toshent davlat pedagogika unversitetining 2022 yil 21 yanvardagi 02-07-3842/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarining milliy iftixor tuyg‘usini rivojlantirish tamoyillarining pedagogik imkoniyatlari kengaytirilgan;
shaxsga ta’sir etish usullarini universallik, moslashuvchanlik darajalarida talabalarning akademik faoliyatiga dialektik aloqadorlikda kiritish asosida konseptual-metodologik jihatdan takomillashtirilgan yoshlarning milliy iftixor tuyg‘usini rivojlantirishning innovatsion mexanizmlari va targ‘ibot texnologiyalariga asoslangan modeli, geosiyosiy maydonda axborotlardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatuvchi muammoli ish turlarini shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv muhitida tarbiyaviy-axloqiy ta’sir ustuvorligiga ko‘ra metodik jihatdan tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan talabalarda milliy iftixor tuyg‘usining rivojlanganligini baholash mezonlariga oid takliflardan Toshkent davlat pedagogika universitetining 1t3-2017927124-raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 yanvardagi 02-07-3842/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, sub’ektli-axloqiy yondashuv asosida talabalarning milliy iftixor tuyg‘usini shakllatirishning pedagogik imkoniyatlari va o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
yoshlarning individual ta’lim makonini milliy g‘oyani o‘qitishning kognitiv, shaxsiy, madaniy, kompetentlik kabi zamonaviy tamoyillari bilan intensiv ta’sirchanlik xususiyatlarni inobatga olgan holda integratsiyalash asosida takomillashtirilgan milliy iftixor tuyg‘usini rivojlantirish mexanizmlaridan foydalanish metodikasi, yoshlarda milliy iftixor tuyg‘usini rivojlantirish modeli, kasbiy va axloqiy o‘z-o‘zini anglash, xulq-atvorning strukturali komponentlarini jamiyatning ijtimoiy pedagogik muammolariga faol munosabatini ta’minlashga refleksiv-ongli munosabatni shakllantirish bo‘yicha ilmiy xulosalardan Toshkent davlat pedagogika universitetining KA-01-003 raqamli “Yoshlarda vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimi ishlab chiqish” nomli fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 yanvardagi 02-07-3842/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllatirishning amaliy mexanizmlari takomillashtirilgan.