Azimova Sitora Yusufjonovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon


    I.Umumiy maʼlumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini eksplisit rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari (texnika oliy ta’lim muassasasi misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3325.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shahzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarida ma’naviy-axloqiy sifatlarini eksplisit rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“ma’naviy mental eksplikatsiya”, “ma’naviy-axloqiy sifatlar”, “eksplisit rivojlanish” kabi pedagogik kategoriyalarning ijtimoiy-pedagogik mazmuni shaxs mental tafakkuriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan determinantalarni talabalarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning konseptual asoslariga malakaviy talablarni inobatga olgan holda singdirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirishning yetakchi determinantlari empatiyaga moyillik, altruistlik, mafkuraviy tahdidlardan himoyalanish kabi komponentlarni pedagogik shart-sharoitlar va qadriyatli motivlarni aniqlashtirishga maqsadli yo‘naltirish hamda tarbiyaviy ishlar bilan samaradorlik omillariga ko‘ra uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirish modeli yoshlarning ma’naviy mental implimentatsiyasiga asoslangan testologiya ko‘rsatkichlari (indikatorlari) tarkibini mental reprezentativ paradigma hamda bilish, e’tiqod, refleksiya, monitoring va stimul kabi axloqiy sifat bosqichlari orqali kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirishning individual-tipologik tavsifnomasi talabalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirishning empatiyaga moyillik, qadriyatli natijaviylik, yuksak axloqiy normalarga intilish kabi eksplisiv rivojlanish mezonlarini reproduktiv, produktiv va kreativ baholash asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida ma’naviy-axloqiy sifatlarini eksplisit rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish yuzasidan olingan natijalar asosida:
shaxs mental tafakkuriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan determinantalarni oliy ta’lim muassasalari talabalarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning konseptual asoslariga malakaviy talablarni inobatga olgan holda singdirish asosida takomillashtirilgan “ma’naviy mental eksplikatsiya”, “ma’naviy-axloqiy sifatlar”, “eksplisit rivojlanish” kabi pedagogik kategoriyalarning ijtimoiy-pedagogik mazmuni bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan Jizzax politexnika instituti tomonidan bajarilgan AI 1/4 raqamli “Akademik innovatsiyalar fondi” grantining “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish markazi va elektronikadan qo‘shma o‘quv labaratoriya yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 25 yanvardagi 02-07-218/04 - son dalolatnomasi; Jizzax politexnika institutining 2022 yil 28 sentyabrdagi 02-2194-2186-son ma’lumotnomasi). Natijada, OTM talabalarining bakalavriat yo‘nalishidagi o‘quv kurslari mazmuni, tizimli-struktur tahlilga asoslangan samarali hamkorlikdagi pedagogik jarayonlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
empatiyaga moyillik, altruistlik, mafkuraviy tahdidlardan himoyalanish kabi komponentlarni pedagogik shart-sharoitlar va qadriyatli motivlarni aniqlashtirishga yo‘naltirish hamda tarbiyaviy ishlar bilan samaradorlik omillariga ko‘ra uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan talabalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirishning yetakchi determinantlari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan T.N.Qori - Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiaili tomonidan bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori - Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiailining 2023 yil 26 yanvardagi 59-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish darajasini aniqlovchi diagnostika testlari ishlab chiqilib, oliy ta’lim muassasalarining pedagogik jarayonlariga tatbiq etilgan va tarbiya mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
yoshlarning ma’naviy mental implimentatsiyasiga asoslangan testologiya ko‘rsatkichlari (indikatorlari) tarkibini mental reprezentativ paradigma hamda bilish, e’tiqod, refleksiya, monitoring va stimul kabi axloqiy sifat bosqichlari orqali kengaytirish asosida takomillashtirilgan talabalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirish modeli, talabalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirishning empatiyaga moyillik, qadriyatli natijaviylik, yuksak axloqiy normalarga intilish kabi eksplisiv rivojlanish mezonlarini reproduktiv, produktiv va kreativ baholash mezonlariga ko‘ra didaktik tizimlashtirish asosida ishlab chiqilgan ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirishning individual-tipologik tavsifnomasi bo‘yicha takliflardan T.N.Qori - Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiaili tomonidan bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori - Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiailining 2023 yil 26 yanvardagi 59-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirish ko‘rsatkichlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga faoliyatli-natijaviy elementlar orqali kiritish imkoniyati yaratilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish