Xojiev Sanjar Samadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro viloyati sharoitida intensiv tipdagi shaftoli bog‘larini yaratish uchun klon payvandtaglardan foydalanish”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.RhD/Qx522
Ilmiy rahbar: Islamov Soxib Yaxshibekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Normuratov Ilxom Turg‘unovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abdikayumov Zaynilabiddin Abdivoxidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyati sharoitida intensiv tipdagi shaftoli bog‘lari yaratish uchun klon payvandtaglardan foydalanish va parvarishlash texnologiyasining muhim elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Buxoro viloyati sharoitida intensiv shaftoli bog‘larini barpo qilish uchun kuchsiz o‘suvchi VSV-1, VVA-1, GF-677 payvandtaglarini yarim yog‘ochlashgan yashil qalamchadan ko‘paytirishda yuqori regeneratsion xususiyati (ildiz oluvchanligi 77,0%) aniqlangan;
shaftolini er ustki va ildiz tizimini rivojlanishining payvandtag turiga (r=0,94), shox-shabba shakliga (r=0,94) yuqori korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
kuchsiz o‘suvchi VSV-1, VVA-1, GF-677 payvandtaglarini qurg‘oqchilikka chidamlilik darajasi – nisbiy turgorlikni tiklashi 94,2-94,5% va sovuqqa      -250S gacha chiday olishi aniqlangan;
kuchsiz o‘suvchi VSV-1, VVA-1, GF-677 payvandtaglarini qo‘llash kuchli o‘suvchi urug‘lik Oq shaftoli payvandtagiga nisbatan shaftolining Lola navi shox-shabbasi gabitusini ikki karra qisqartirish imkonini berishi isbotlangan;
kuchsiz o‘suvchi VSV-1, VVA-1, GF-677 payvandtaglarida etishtirilgan shaftoli daraxtlari shox-shabbasiga “yaxshilangan kosa” usulida shakl berish butun vegetatsiya mobaynida “oddiy kosa” usulda shakl berilganga nisbatan 1,7 marta ko‘p generativ novdalar hosil bo‘lishi aniqlangan;
shaftolining hosildorligi va mevasining sifatiga payvandtag turi va maqbul ekish sxemasida (5,0x2,0 m.) yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro viloyati sharoitida intensiv tipdagi shaftoli bog‘larini yaratish uchun klon payvandtaglardan foydalanish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Intensiv shaftoli bog‘larida daraxtlarga shakl berish” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 fevraldagi 02/029-583-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida shaftolidan yuqori va sifatli hosil etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
VSV-1 payvandtagida o‘stirilgan shaftolining Lola navi daraxtlari shox-shabbasiga “yaxshilangan kosa” usulida shakl berish ishlanmasi Buxoro viloyati Romitan tumanidagi ”Muxtor Gulnora saxovati” fermer xo‘jaligi shaftoli bog‘ida 1,5 ga maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 fevraldagi 02/029-583-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida hosildorlik an’anaviy usulda shakl berishga nisbatan 12-14% gacha oshgan. Olingan moliyaviy daromad gektariga 80120,0 ming so‘mni tashkil etgan;
VVA-1 payvandtagida o‘stirilgan shaftolining Lola navini zichlashtirib ekish va shox-shabbasiga “yaxshilangan kosa” usulida shakl berish ishlanmasi Buxoro viloyati Romitan tumanidagi “Jamshed Xurshed Akobir” fermer xo‘jaligi shaftoli bog‘ida 0,8 ga maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 fevraldagi 02/029-583-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida hosildorlik an’anaviy usulda shakl berishga nisbatan 14-17% gacha oshgan, moliyaviy daromad gektariga 88920,0 ming so‘mni tashkil etgan;
GF-677 payvandtagida o‘stirilgan shaftolining Lola navini zichlashtirib ekish va shox-shabbasiga “yaxshilangan kosa” usulida shakl berish ishlanmasi Buxoro viloyati Romitan tumanidagi “Chori Sulton Shahribonu” fermer xo‘jaligi shaftoli bog‘ida 1,2 ga maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 fevraldagi 02/029-583-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida hosildorlik an’anaviy usulda shakl berishga nisbatan 13-15% gacha oshgan, moliyaviy daromad gektariga 80580,0 ming so‘mni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish