Asadova Sitora Sadullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Felting texnikasi yordamida barqaror shakldagi kiyimlar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.06.04.-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2309
Ilmiy rahbar: Samieva Shaxnoz Hikmatovna, pedagogika fanlari bo‘ycha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik- texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar:  Nigmatova Fotima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor; Po‘latova Sabohat Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi felting texnikasi asosida jun tolali noto‘qima matolardan ayollar uchun barqaror shakldagi kiyimlar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston iqlimida mahalliy tuya va  qo‘y junlarini qayta ishlash asosida, ilk marotaba felting texnikasi yordamida noto‘qima mato olishning namlab presslash usuli va jun tolalaridan kiyim tayyorlash texnologik jarayoni ishlab chiqilgan;
    texnologik muammolarni har tomonlama hal qilishni ta’minlaydigan noto‘qima matodan transformatsiya shaklidagi kiyimlar tayyorlashning dizayn-loyihasi ishlab chiqilgan;
    lazer texnologiyasi yordamida tuya va qo‘y junidan ayollar kardigani tayyorlash jarayonining, polotni xususiyatlariga va ishlov berish rejimlariga bog‘liqliklari matematik modeli ishlab chiqilgan va 6 ta asosiy parameter aniqlangan;
    jun tolalaridan kiyim detallarini tayyorlashda “xomashyo-mato-kiyim” ko‘p parametrli tizimi, uning mexanik, ekspluatatsion, texnologik va estetik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Felting texnikasi yordamida barqaror shakldagi kiyimlar tayyorlash texnolgiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yaratilgan barqaror shakldagi nimcha “Nurli nihol chashmalari” MChJ, “G‘ulomte” MChJ, “KOMPTEKS PPOSh” MChJ ishlab chiqarish korxonasida joriy etilgan. (“O‘zto‘qimachilik” uyushmasining 2022 yil 24 noyabrdagi № 03/25 3277 son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish samaradorligi 11,1% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish