Qurbonov Fazliddin Qulmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Baliqlar uchun ozuqa tarqatadigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3351
Ilmiy rahbar: Astanaqulov Komil Dullievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Karshiev Faxriddin Umarovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Yuldashev Azamat Ismoilovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik suv havzalarida boqilayotgan baliqlarga granulalangan ozuqalarni bir tekis taqsimlab tarqatadigan qurilmani ishlab chiqish va uning ozuqa tarqatadigan ishchi qismi parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik havzalarda boqilayotgan baliqlarga ozuqalarni bir tekis taqsimlab sochadigan parabolik shaklli kurakchalarga ega disk bilan jihozlangan qurilmaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
kurakchalarni qurilma diski ustiga joylashtirish shakli granulalangan ozuqaning disk ustidagi harakati traektoriyasini hisobga olgan holda asoslangan;
granulalarning parabolik shaklli kurakchalar ta’sirida disk sirtida harakati va uloqtirilish masofasi ularning nisbiy va absolyut tezliklarini hisobga olgan holda Runge-Kutta-Filberg usuli bilan aniqlangan;
ozuqa tarqatish diskining aylanishlar soni granulalarning kam shikastlanishini ta’minlash shartidan, qurilma ozuqa tarqatish diskining elkasi uzunligi esa ozuqalarning havza chetiga sepilib, nobud bo‘lishining oldini olishni hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Baliqlar uchun ozuqa tarqatadigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kichik havzalarda boqilayotgan baliqlarga ozuqalarni tarqatadigan parabolik shaklli kurakchalarga ega disk bilan jihozlangan qurilma konstruksiyasiga Adliya vazirligining foydali modelga patenti olingan («Baliq emi tarqatuvchi» №FAP 02210-2023 y.). Natijada granulalangan ozuqalarni baliqlarga kam shikastlab, bir tekis taqsimlab tarqatadigan qurilmaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
baliqlarga ozuqa tarqatish qurilmasi Surxondaryo viloyati Termiz tumani hamda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 19-avgustdagi 07/24-04/5778-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik baliqchilik xo‘jaliklarida ozuqa tarqatish jarayonini mexanizatsiyalash hamda mehnat sarfi va xarajatlarni sezilarli kamayishiga erishilgan;
baliqlarga ozuqa tarqatish qurilmasini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari «BMKB-Agromash» AJ da ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 19-avgustdagi 07/24-04/5778-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik baliqchilik xo‘jaliklarida ozuqa tarqatishda qo‘llaniladigan yuqori samarali qurilmalarni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.